Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
6 foizlik soddalashtirilgan QQSga oʻtish: salbiy farq va hisobga olingan QQSni nima qilish kerak 2026 yil sentyabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi «Toshkent» XMM: kimlar ishtirokchi boʻlishi mumkin va yangi qonun qanday imtiyozlar beradi

Vatan himoyasi yoʻlida halok boʻlganlarning farzandlariga – imtiyozlar

23.08.2023

Rus tilida oʻqish

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining qoʻshma qarori (roʻyхat raqami 2821-3, 22.08.2023 y.) bilan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Xususan, boquvchisini yoʻqotgan ayollarning farzandlari, shuningdek vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va хodimlarning farzandlari kvotadan qat’i nazar ota-onalar toʻlovidan ozod qilinishi toʻgʻrisida qoʻshimcha kiritilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.08.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova