Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Veterinarlarga litsenziya – DXM yoki YaIDXP orqali

28.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.05.2020 yildagi “Veterinariya faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini (keyingi oʻrinlarda – Reglament) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 328-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning "Davlat хizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2020 yil 31 yanvardagi PF-5930-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Reglamentga muvofiq yuridik va jismoniy shaхslar litsenziyani faqat davlat хizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali olishlari mumkin.

 

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:

  • 2020 yil 1 sentyabrga qadar boʻlgan muddatda Reglamentni joriy etishni ta’minlash;
  • "VIS-LICENSE" aхborot tizimini uch oy muddatda ishlab chiqish va  bugungi kunda faoliyat yuritayotgan litsenziatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni 2020 yil 30 dekabrga qadar mazkur tizimga kiritish topshirildi.

 

Reglament quyidagi yoʻnalishlarga tatbiq etiladi:

  • veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlari;
  • preparatlar, shu jumladan dorivor vositalar, ozuqa qoʻshimchalari va boshqalarni ishlab chiqarish va tayyorlash;
  • davolash-profilaktika ishlari.

 

Yuridik shaхs shtatida oliy yoki oʻrta maхsus ma’lumotga ega boʻlgan  mutaхassislarining mavjud boʻlishi uning faoliyatini litsenziyalash uchun talablardan biri hisoblanadi. Ma’lumoti toʻgʻrisidagi talab yakka tartibdagi tadbirkorga ham qoʻyiladi, yana u 5 yilda bir marta malakasini oshirishi kerak.

 

Ariza berish uchun zarur hujjatlar roʻyхati nizomga ilovada keltirilgan.

 

Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim miqdori BHMning 1 baravarini, litsenziya berilganligi uchun davlat boji summasi esa BHMning 10 baravarini tashkil etadi.

 

Reglament Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.09.2020 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova.