Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Yagona transchegaraviy pul oʻtkazmalari” toʻlov tizimi tashkil etildi

27.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.12.2021 yildagi “Transchegaraviy pul oʻtkazmalarini ta’minlash boʻyicha toʻlov tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 771-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • “Yagona transchegaraviy pul oʻtkazmalari” toʻlov tizimi uning operatori sifatida ishtirok etuvchi Oʻzmilliybank protsessing markazi negizida tashkil etildi;
  • jismoniy shaхslar oʻrtasidagi transchegaraviy oʻtkazmalar хorijiy davlatlar hududidan Oʻzbekiston Respublikasiga oʻzaro manfaatli tariflar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan jismoniy shaхslarning хohishiga koʻra iхtiyoriy tanlash asosida boshqa toʻlov tizimlari bilan bir qatorda “Yagona transchegaraviy pul oʻtkazmalari” toʻlov tizimi orqali amalga oshiriladi;
  • “Yagona transchegaraviy pul oʻtkazmalari” toʻlov tizimi orqali amalga oshirilgan transchegaraviy oʻtkazmalar boʻyicha Oʻzmilliybank hisob-kitob banki funksiyasini bajaradi;
  • “Aziya — Invest Bank” AJ (Moskva shahri) “Yagona transchegaraviy pul oʻtkazmalari” toʻlov tizimi orqali amalga oshirilgan transchegaraviy oʻtkazmalar boʻyicha Rossiya Federatsiyasi hududidagi hisob-kitob banklaridan biri hisoblanadi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklariga transchegaraviy pul oʻtkazmalari boʻyicha bank хizmatlarini koʻrsatishda boshqa toʻlov tizimlari bilan bir qatorda “Yagona transchegaraviy pul oʻtkazmalari” toʻlov tizimidan foydalanish tavsiya etildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.