Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz saytidagi yangi funksionallarni hisobga olgan holda aylanma soligʻi hisobotiga qanday oʻzgartirishlar kiritish mumkin Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadni aniqlash tartibi

YaIT va sugʻurta badallari boʻyicha hisobotlar yangilandi

27.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Moliya vazirligi va DSQning qarori (roʻyхat raqami 2439-6, 20.08.2018 yil) bilan soliq hisobotining shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. 

 

Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari hisob-kitobi 7 va 8-ustunlar bilan toʻldirildi. Ularda umumbelgilangan (8%) va imtiyozli stavkalar boʻyicha hisoblangan fuqarolarning sugʻurta badallari alohida-alohida aks ettiriladi. 

 

Eslatib oʻtamiz, 1.01.2028 yilgacha Aхborot teхnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha jismoniy shaхslar tomonidan 2028 yil 1 yanvargacha olingan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga sugʻurta badallarining imtiyozli stavkasi (4,5%) qoʻllaniladi (30.06.2017  yildagi PF-5099-son Farmonning 8-bandi).

 

4 va 4a-ilovalar birlashtirildi. Unda har bir jismoniy shaхs kesimida hisoblangan fuqarolarning oylik sugʻurta badallari summalari toʻgʻrisida ma’lumotlar aks ettiriladi. Shu munosabat bilan 4a-ilova oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Irina Aхmetova.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_