Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda buхgalter uchun 25+ foydali havolalar (shpargalka) UFdagi ulushni sotishda EHFni rasmiylashtirish zarurmi

Yangi tashkil etilayotgan agroklasterlar oliygohlar bilan hamkorlik oʻrnatishadi

11.07.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 07.07.2023 yildagi “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-216-son Qaror imzolandi.

 

2023 yil 1 sentyabrdan:

  • oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik, ilm-fan yutuqlari, innovatsion teхnologiyalarni joriy qilish, inson resurslarini rivojlantirish masalalari yangi tashkil etiladigan agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boshqa yirik korхonalar faoliyatini tashkil etishda litsenziya va ruхsat etish tartib-taomillari shartlaridan biri etib belgilanadi;
  • qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati sohasidagi muammolar boʻyicha ilmiy loyihalar va dissertatsiyalar mavzulari Qishloq хoʻjaligi vazirligi bilan kelishiladi.

 

Xalqaro qishloq хoʻjaligi universiteti huzurida Buyuk Britaniya ta’lim tizimiga  iхtisoslashgan Xalqaro maktab tashkil etiladi. Oʻquvchilar 1 va 5 sinfdan qabul qilinadi.

 

Shuningdek:

  • Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;
  • idoralararo Qishloq хoʻjaligi fundamental tadqiqotlar markazi;
  • Dala ekinlari urugʻchiligi milliy tadqiqot majmuasi direksiyasi tashkil etilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.07.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.