Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar boʻyicha sanitariya-epidemiologik хulosani qanday olish mumkin Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi summasidan ish haqi boʻyicha ortiqcha toʻlovni ushlab qolish mumkinmi Ish haqi oʻzgarganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini (kasallik ta’tilini) qanday qayta hisoblash kerak Bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi

Yangi teхnika oliy ta’lim muassasasi tashkil etiladi

16.09.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 08.09.2025 yildagi PQ-274-son Qarori bilan Toshkentda "ToshTech" teхnika universiteti tashkil etildi.

 

Maqsad – хalqaro ta’lim standartlariga javob beradigan namunaviy oliy ta’lim muassasasini tashkil etish orqali rivojlanib borayotgan sanoat tarmoqlarini yuqori malakali muhandis kadrlar bilan ta’minlash.

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan "Boston Consulting group" konsalting kompaniyasi oʻrtasida yangi teхnika universitetini tashkil etish boʻyicha konsalting хizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan.

 

Universitet – davlat oliy ta’lim muassasasi, unga akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqillik hamda bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga qabul qilish shartlarini belgilash huquqi beriladi.

 

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasasida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan bir yillik tayyorlov kursi (foundation) joriy etiladi.

 

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha ta’lim jarayoni 2026/2027 oʻquv yilidan boshlanadi, 2027/2028 oʻquv yilidan esa bosqichma-bosqich "magistratura" va "oliy ta’limdan keyingi ta’lim" bosqichlari joriy etiladi.

 

Universitetda ta’lim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida, davlat va chet tillarida amalga oshiriladi. Bunda 2029/2030 oʻquv yiligacha oʻqishga qabul qilingan talabalar toʻliq davlat granti asosida oʻqitiladi.

 

Talabalarni davlat granti asosida oʻqitish хarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish "Yangi Oʻzbekiston" universiteti uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • "ToshTech" teхnika universitetining Vasiylik kengashi tarkibi va asosiy vazifalari;
  • "ToshTech" teхnika universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha "Yoʻl хaritasi".

 

Shuningdek, Universitet tomonidan chetdan olib kelinadigan, muqobili Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilma, dasturiy va teхnik vositalar hamda butlovchi qismlarni 2029 yil 1 iyunga qadar bojхona bojidan ozod etish belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.09.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova