Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yangi yuk tashuvchi transport vositalari utilizatsiya yigʻimidan ozod etiladi

29.09.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 26.09.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 avgustdagi «Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-189-son Farmoniga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi PF-161-son Farmon imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq, 2024 yil 1 yanvarga qadar yangi yuk tashuvchi transport vositalari (chiqindi tashish mashinalari va samosvallar) (TIF TN kodi 8704329209) import qilishda bojхona boji stavkasi 5% miqdorda oʻrnatiladi va ular utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi.

 

Mazkur chora aholiga sanitar tozalash хizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.09.2023  yilda kuchga kirdi.

Sobir Nurberdiyev