Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yaponiya Oʻzbekiston vakillarining oʻqishi uchun grant ajratdi

22.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.01.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining oʻqishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 26-son qarori qabul qilindi.

 

Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar ajratish loyihasini amalga oshirish maqsadida Yaponiya hukumatining taklifi boʻyicha Yaponiyaning yetakchi universitetlari magistraturasi va doktoranturasida Oʻzbekiston vakillarining oʻqishi tashkil etiladi. Oʻzbekiston va Yaponiya hukumatlari oʻrtasida har yili imzolanadigan almashinuv notalari va grant bitimlariga asosan oʻqish uchun stipendiyalar beriladi.

 

2021-2022 yillarda foydalanish uchun 291 mln Yaponiya iyenasi miqdorida grant ajratiladi.

 

Loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va oʻqish uchun nomzodlarni tanlab olish quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:

Oʻzbekiston tomonidan – Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 

Yaponiya tomonidan – Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Elchiхonasi, Yaponiya хalqaro hamkorlik agentligi, Oʻzbekiston-Yaponiya Inson resurslarini rivojlantirish markazi.

 

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga boshqa vazifalari qatorida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tahsil olayotgan stipendiatlarning oʻqishi va oʻqishni tamomlagan stipendiatlarning mehnat faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib borish ham topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.01.2021 yildan kuchga kirdi.



                                                                                                                 Nargiza Vohidova.