27.12.2016 yildagi OʻRQ-417-son «Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonuni bilan Soliq kodeksiga (keyingi oʻrinlarda - SK) tuzatishlar kiritildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- YaSTga oʻtganda hisobot berishga toʻgʻri keladi
YaSTga oʻtganda hisobot berishga toʻgʻri keladi
28.12.2016

SKga muvofiq suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisob-kitoblar soliq organlariga yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatlarda taqdim etiladi. Bunda yil mobaynida soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtilganda SKda mazkur hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari oʻrnatilmagan edi.
SKning 263, 271 va 285-moddalariga kiritilgan qoʻshimchalar quyidagi tartibni nazarda tutadi: umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilar hisoblangan kichik biznes sub’yektlari yil mobaynida yagona soliq toʻloviga oʻtgan taqdirda umumbelgilangan soliqlarni toʻlash davri uchun yuqorida koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etishlari kerak boʻladi.
Hisob-kitob soliq toʻlovchi soliq toʻlashning soddalashtirilgan tizimiga oʻtgan oyning 10-sanasidan kechiktirmay DSIga taqdim etiladi.
Masalan, agar umumbelgilangan soliqlarni toʻlagan kichik korхona 2017 yilning 2-choragidan YaSTni toʻlashga oʻtsa, u yuqorida koʻrsatilgan soliqlarni 2017 yil 1-choragi uchun hisoblashi va 10 aprelgacha ular boʻyicha hisob-kitoblarni DSIga taqdim etishi zarur.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Muzaffar Mirzagʻaniyev,
ekspertimiz.
Mavzuga oid material:
Senat soliq va byudjet siyosatiga oʻzgartirishlarni muhokama qildi
Yangi sonlarda oʻqing
2025, 9 dekabr№ 49
- Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari me’yorlari yangilandi
- Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik varaqasi) boʻyicha nafaqa qanday hisoblanadi
- Kadrlar хizmatining 2025 yil dekabr oyidagi ustuvor vazifalari
- Iqtisodiyotda intellektual mulk ulushi ortadi
- Moliyaviy teхnologiyalar bozorining rivojlanishi tezlashmoqda



