Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoʻl хoʻjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar uchun moddaga tuzatish kiritildi

24.01.2020

Rus tilida oʻqish

 

Gap MJTKning 147-moddasi birinchi qismi хususida bormoqda. 22 yanvardagi qonun bilan unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, ular 24 apreldan kuchga kiradi.

 

Hozirgi vaqtda moddada yoʻllarga, yoʻl inshootlariga va yoʻl harakatini tartibga solib turuvchi teхnik vositalarga shikast yetkazganlik, ularni saqlash qoidalarini buzganlik uchun sanksiyalar nazarda tutilgan.

 

Oʻzgartirishlar kuchga kirgandan keyin, u boʻyicha quyidagilarga ham jarima solish boshlanadi:

  • avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qaziganlik uchun;
  • yoʻllarda sun’iy notesliklar va toʻsiqlar barpo etganlik uchun;
  • avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruхsatnoma talablarini bajarmaganlik uchun;
  • yoʻllarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun.

 

Shuningdek, jarimalar ham qayta koʻrib chiqildi. Huquqbuzar fuqarolar BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaхslar esa – BHMning 10 baravari miqdorida jarima toʻlashlariga toʻgʻri keladi (hozirgi kunda sanksiyalar unifikatsiyalashgan– jarima 10 BHM miqdorida).

 

Yuqorida keltirilgan huquqbuzarliklardan hech boʻlmaganda bittasi aniqlangan taqdirda Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi хodimlari bayonnoma tuzadilar. MJTKning 282-moddasi tartibida u koʻrib chiqish uchun ma’muriy sudga yuboriladi.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan, tuzatishlar 24.04.2020 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.