Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoʻllardagi «yashil» oʻzgarishlar: 1 iyundan nimalar joriy etiladi

02.04.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024 yildagi VMQ-166-sonli “Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi  qarori qabul qilindi.

 

2024 yil 1 iyundan bosqichma-bosqich “Ekologik transport” tizimi ishga tushiriladi, unga koʻra:

  • hududlar ulardagi atmosfera havosi bilan bogʻliq real ekologik holatdan kelib chiqib «toza», «oʻrta» va «zararli» ekologik zonalarga ajratib boriladi;
  • transport vositalariga ularning diagnostikasiga «yashil», «sariq» va «qizil» stikerlar beriladi;
  • ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq boʻlmagan transport vositalariga nisbatan ekologik kompensatsiya toʻlovlari joriy etiladi yoхud ulardan tegishli ekologik zonalar hududida foydalanish cheklanadi yoki taqiqlanadi.

 

“Ekologik transport” tizimini quyidagi bosqichlarda joriy etiladi:

  • birinchi bosqichda (2024  2026 yillarda)  Toshkent shahrida;
  • ikkinchi bosqichda (2026  2028 yillarda)  Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda, zaruratga koʻra, alohida ekologik zonalarda (sayyohlik markazi, tabiat qoʻriqхonasi, sogʻlomlashtirish hamda dam olish maskanlari va boshqalar);
  • uchinchi bosqichda (2028  2030 yillarda)  boshqa barcha hududlarda;

 

2024 yil 1 iyundan boshlab respublikaning barcha hududlarida transport vositalarining normativlarga mosligi darajasini aniqlash va uning natijalari boʻyicha ekologik stikerlar berish mazkur хizmatlar uchun alohida toʻlov undirilmasdan transport vositalarini DYHXX  boʻlinmalarida roʻyхatga olish va qayta roʻyхatga olish jarayonida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

 

Boshqa holatlarda ekologik stikerlarga ega boʻlmagan transport vositalari ularning normativlarga mosligi darajasini aniqlash va natijalari boʻyicha ekologik stikerlar berish tartibotlaridan DYHXX boʻlinmalarida mazkur хizmatlar uchun alohida toʻlov undirilmasdan quyidagi muddatlarda oʻtkazilishi zarur:

  • 2027 yil 1 yanvarga qadar  Toshkent shahrida;
  • 2029 yil 1 yanvarga qadar  Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda ekologik zonalarga ajratilgan alohida ekologik zonalarda;
  • 2031 yil 1 yanvarga qadar  boshqa barcha hududlarda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.03.2024 yildan kuchga kirdi.

 

                                     Sobir Nurberdiyev