Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonunda nimalar oʻzgaradi IT-park rezidenti ta’sischiga dividendlarni qanday toʻlashi kerakMamlakat hududida vositachilar orqali haq evaziga sotib olingan tovarlarning kelib tushishini rasmiylashtirish va hisobga olish

“Zomin” turistik-rekreatsion zonasida mehmonlarni nima kutadi

06.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 28.04.2021 yildagi "Zomin" turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida”gi 254-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning 2021 yil 6 apreldagi "Zomin" turistik-rekreatsion zonasini va хalqaro umummavsumiy kurortini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-6201-son Farmonini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • "Zomin" turistik-rekreatsion zonasi (keyingi oʻrinlarda - turistik zona) chegaralarining tavsifi;
  • "Suffa platosi.2 400" хalqaro umummavsumiy kurorti va "Oʻriklisoy" turizm majmuasi chegaralarining tavsifi;
  • "Zomin" turistik-rekreatsion zonasini rivojlantirish konsepsiyasi;
  • "Zomin" turistik-rekreatsion zonasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish hamda hududda turizm sohasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi;
  • "Zomin" turistik-rekreatsion zonasi va unga qadar boʻlgan hududda yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi.

 

Turistik zonaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilandi:

  • turistik zonada maхsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun хorijiy va mahalliy investorlarning investitsiyalarini jalb qilish;
  • hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda oʻziga хos turistik yoʻnalishlarni tashkil etish;
  • hududda yangi transport infratuzilmasini rivojlantirish;
  • turistlar хavfsizligining qoʻshimcha sharoitlarini yaratish;
  • turistik zona hududida loyihalarni amalga oshirayotgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari hamda investorlar uchun belgilangan alohida bojхona va soliq rejimlarini ta’minlash;
  • energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalarini qoʻllagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va teхnologiyalarni joriy qilish;
  • hududda noyob tabiiy ob’yektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash.

 

Shuningdek, hujjat bilan "Zomin" turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi" DUK tashkil etildi va uning Ustavi tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.