Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buxgalterlarning ishini yengillashtirish boʻyicha gʻoyalaringiz bormi? Botga yozing! Kontragent qanday QQS stavkasini qoʻllayotganini oldindan qanday bilish mumkin Markirovkalangan tovarlar uchun yangi xavf mezoni ishga tushirildi Markirovkalangan tovarlar uchun yangi xavf mezoni ishga tushirildi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
18.11.26

Sport sohasi raqamlashtirilmoqda: zallar – MySport orqali, diplomlar – QR-kod bilan

Sport sohasida “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi joriy etilmoqda. Zallar va maydonlarni “MySport” ilovasi orqali band qilish va toʻlash mumkin boʻladi, musobaqa gʻoliblariga diplomlar esa elektron shaklda beriladi.

18.11.26

Mahalliy Kengashlarning qaror qabul qilish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflik yanada oshadi

Ijro hokimiyati organlari rahbarlari mahalliy Kengashlar oldida shaxsan hisobot berishi va ularning ishiga oid masalalar koʻrib chiqilayotgan sessiyalarda ishtirok etishi shart. Shuningdek, deputatlar vakillik organlari qarorlari ijrosini nazorat qilishning qoʻshimcha vositalariga ega boʻladilar.

17.11.26

Madaniyat va san’at sohasida grantlar olish uchun tanlov qanday tashkil etiladi

Grantlar teatr, musiqa, kino, adabiyot, madaniy ta’lim, shuningdek, innovatsiyalar va raqamlashtirish yoʻnalishlari boʻyicha tanlov asosida taqdim etiladi. Ariza topshirish va tanlov oʻtkazish uchun maxsus onlayn platforma mavjud boʻlib, gʻoliblarni moliyalashtirish uch transhda amalga oshiriladi.

17.11.26

Vazirlik va idoralarning NHHlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish muddatlari qisqartirildi

OʻRQ-1190-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan yangi tuzatishlarga koʻra, vazirliklar va idoralar, agar dastlabki besh kun ichida takliflar va sharhlar kelib tushmasa, hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasi muddati tugagunga qadar huquqiy ekspertizaga yuborishlari mumkin.

17.11.26

Xususiy maktabdagi korreksion sinf: davlat har bir bola uchun oyiga BHMning 11 baravarigacha subsidiya toʻlaydi

Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun korreksion sinf tashkil etgan nodavlat maktablarga Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasidan subsidiya ajratiladi. Ota-onalar uchun bunday bolalarni oʻqitish bepul.

17.11.26

Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari onlaynga oʻtadi: 1 dekabrdan nima oʻzgaradi

Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasi ishga tushiriladi. U tartib-taomillarni onlayn kuzatish, majburiy ma’lumotlarni e’lon qilish va ish ishtirokchilarining oʻzaro hamkorligini ta’minlaydi. Bunga oid Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizom Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlandi.

16.11.26

Nogironligi boʻlgan shaxslar reabilitatsiya markazlariga qanday yoʻllanma olishlari mumkin

Nogironligi boʻlgan shaxslarni milliy va hududiy reabilitatsiya markazlariga yuborish tartibi tasdiqlandi. Arizalar "Yagona milliy ijtimoiy himoya" tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi, navbat va yoʻllanma holatini onlayn kuzatish mumkin boʻladi.

16.11.26

Mahkuma ayollarning farzandlari uchun maxsus bogʻchalar tashkil etilmoqda.

21 va 42-sonli jazoni ijro etish muassasalarida mahkumalarning farzandlari uchun "Ona va bola markazi" maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlari ish boshlaydi. Ularda bolalarning kecha-yu kunduz boʻlishi, tibbiy xizmat va ishdan boʻsh vaqtlarida onalar bilan birga yashashi uchun sharoitlar yaratiladi.

13.11.26

Madaniyat va san’at sohasini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari kengaytirilmoqda

"Ijodga investitsiya" davlat maqsadli jamgʻarmasi iste’dodlarni aniqlash va rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun har yili 200 mlrd soʻm oladi. Shuningdek, uy-joy, tibbiy xizmat, milliy cholgʻu asboblarini sotib olish uchun subsidiyalar koʻzda tutilgan.

13.11.26

Madaniyat va san’at sohasidagi nufuzli tanlovlar gʻoliblari taqdirlanadi

Nufuzli tanlovlarda ishtirok etayotgan madaniyat, san’at va adabiyot arboblarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari tasdiqlandi. Xalqaro musobaqalar gʻoliblari 300 mln soʻmgacha pul mukofoti olishlari mumkin, ularning oʻqituvchilari va konsertmeysterlariga esa qoʻshimcha toʻlovlar koʻzda tutilgan.

12.11.26

Eksport va import kvotalari: ularni taqsimlashning yangi qoidalari

Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlgandan keyin mahsulotlar eksporti va importi qanday hollarda cheklanishi mumkinligi belgilanmoqda. Kvotalarni tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash tartibi oʻrnatildi.

12.11.26

Yirik shaharsozlik loyihalariga qoʻshimcha imtiyozlar beriladi

Yangi Toshkent shahri va hududlarda yirik shaharsozlik loyihalarini amalga oshirish uchun maxsus sharoitlar joriy etilmoqda. Investorlar uchun foyda soligʻining imtiyozli stavkasi belgilanadi, ayrim loyihalar 20 yil muddatga mol-mulk va yer soligʻidan ozod qilinadi hamda boshqa soliq imtiyozlari beriladi.

12.11.26

Yettita Milliy besh yillik dasturning maqsadli yoʻnalishlari belgilandi

Prezidentning PF-242-sonli Farmonida aholi farovonligini oshirish va mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan. Asosiy vazifalar orasida 2 million yuqori daromadli ish oʻrni yaratish, barcha sugʻoriladigan yerlarni suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olish, ta’lim va sogʻliqni saqlashni rivojlantirish hamda sud mustaqilligini mustahkamlash bor.

11.11.26

Kreditlar va mikroqarzlar reklamasiga yangi talablar joriy etilmoqda

OʻRQ-1187-son Qonun bilan «Reklama toʻgʻrisida»gi Qonunga moliyaviy va sugʻurta xizmatlari iste’molchilarini himoya qilishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi. Endilikda kreditlar va mikroqarzlarni reklama qilishda reklama maydoni yoki efir vaqtining kamida 10 foizini egallaydigan ehtimoliy moliyaviy xatarlar toʻgʻrisidagi ogohlantirish boʻlishi kerak. Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlarning sugʻurta borasidagi savodxonligini oshirishga qaratilgan ma’lumotlar ijtimoiy reklamaga aloqador deb topildi.

10.11.26

Kriminogen vaziyat ustidan raqamli nazorat joriy etilmoqda

Xavf omillarini aniqlash, jinoyatchilik dinamikasini prognoz qilish va uning oldini olish chora-tadbirlarini nazorat qilish imkonini beruvchi Kriminogen ma’lumotlar yagona platformasi yaratiladi. Pilot rejimida tizim 2027 yil yakuniga qadar Toshkent shahrining Olmazor tumanida ishlay boshlaydi. 2028 yildan esa uni respublikaning barcha hududlarida joriy etish rejalashtirilmoqda.

10.11.26

Volontyorlik kadrlar zaxirasiga va ishga kirishga yordam beradi

Faol volontyorlar davlat organlarining kadrlar zaxirasiga kiritiladi, volontyorlik faoliyati uchun esa ehtiyojlarga sarflash mumkin boʻlgan «ijtimoiy tokenlar» hisoblanadi. «Fidoyi volontyor» koʻkrak nishoni ta’sis etilmoqda.

10.11.26

Jarima 60 kunda toʻlanmasa, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtiriladi

IIV yoʻl harakati qoidalari buzilishiga doir ishlarni rasmiylashtirish va koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yangi yoʻriqnomani tasdiqladi. Bayonnomalar planshetda elektron shaklda rasmiylashtiriladi, bir yil ichida 12 dan ortiq jarima ballarini toʻplagan haydovchilarning ishi esa avtomatik ravishda sudga yuboriladi.

09.11.26

Suv omborlari hududida turizm ob’yektlarini tashkil etishga doir talablar belgilandi

Suv omborlari va ularga tutash hududlarda joylashgan boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda turizm xizmatlarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi. Dam oluvchilarning xavfsizligi, suv resurslarini muhofaza qilish va ekologik infratuzilmaga oid talablar belgilandi.

09.11.26

Qoraqalpogʻistonda 5 mlrd dollar investitsiya jalb etish va 513 mingta ish oʻrnini yaratish rejalashtirilmoqda

Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi. 2027 yilda investitsiyalar hajmini ikki baravarga oshirib, 5 mlrd dollarga yetkazish, eksportni 550 mln dollarga oshirish, 513 ming kishini ish bilan ta’minlash hamda yangi sanoat, qishloq xoʻjaligi va IT-loyihalarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

06.11.26

Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

06.11.26

Texnogen favqulodda vaziyatlardan koʻrilgan zararni baholash va qoplash qanday amalga oshiriladi

Texnogen avariya va halokatlar natijasida aholiga yetkazilgan zararni baholash va qoplash mexanizmi tasdiqlandi. Bu maqsadlar uchun maxsus kompensatsiya fondlari tashkil etiladi. Halok boʻlganlarning oilalariga BHMning 500 baravarigacha, ogʻir tan jarohati olgan jabrlanuvchilarga esa sogʻliqqa yetkazilgan zararning ogʻirlik darajasiga qarab BHMning 200 baravarigacha bir martalik toʻlov nazarda tutilgan.

05.11.26

Tibbiyotga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadi

Prezident qarori bilan davlat tibbiy xizmatlarini koʻrsatishga xususiy tibbiyot tashkilotlarini jalb qilishning yangi mexanizmlari nazarda tutilgan. 2027 yil 1 yanvardan boshlab autsorsing shartlarida klinik va yordamchi xizmatlarni xarid qilishning yangilangan tartibi joriy etiladi, 2030 yilgacha esa ularning ulushini 30 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

05.11.26

Ekstremizm uchun javobgarlik choralari oʻzgartirildi

Ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etish va ularni tuzganlik uchun endi turlicha jazo belgilandi. Ekstremistik materiallarni birinchi marta tayyorlash va saqlash uchun esa ma’muriy javobgarlik joriy etilmoqda. Adliya vazirligi ekstremistik tashkilotlar va materiallarning elektron reyestrini yuritadi.

04.11.26

Markaziy bankning asosiy stavkasi oʻzgarishsiz qoldirildi

Inflyatsion kutilmalarning pasayishi va inflyatsiya darajasining nisbatan barqarorlashishiga qaramay, yuqori ichki talab va tashqi iqtisodiy kon’yunkturaning oʻzgarishi bilan bogʻliq proinflyatsion xatarlarning saqlanib qolishi qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolishni taqozo etmoqda.

04.11.26

Mukofot jamgʻarmasi 5 mln AQSh dollari boʻlgan xalqaro startaplar tanlovini oʻtkazishga tayyorgarlik boshlandi

2027 yil aprel oyidan boshlab Oʻzbekistonda xorijiy innovatsion loyihalarni jalb qilish va mamlakat startap tizimini rivojlantirishga qaratilgan "Land of Startups" ("Startaplar makoni") xalqaro tanlovi oʻtkaziladi. Tanlov sun’iy intellekt, moliyaviy va raqamli texnologiyalar, kreativ sanoat va sanoat yechimlari kabi beshta yoʻnalishni qamrab oladi.

04.11.26

Ilmiy-innovatsion tashkilotlar reyestri tuziladi

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

03.11.26

Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

03.11.26

Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Kompaniya yangiliklari
10.06.26

Moʻmin Xurramovich Ashurov olamdan oʻtdi

2026 yil 9 iyun kuni katta ichki madaniyat, tiniq aql va noyob insoniy halollik egasi boʻlgan Moʻmin Xurramovich Ashurov vafot etdi.

19.10.20

«Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish» kursi

Norma kompaniyasi sizni 27 oktyabrda boshlanadigan «Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish» kursiga taklif etadi. Kurs soliq hisobi va tartibidagi soʻnggi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda oʻtkaziladi.

10.07.20

«Buxgalteriya hisobi amaliyoti» vebinari

Zamira Djurayeva sizni 23 iyul soat 10:30 – 12:45 da «Buxgalteriya hisobi amaliyoti» vebinariga taklif qiladi.

04.04.20

Buxgalter.uz yaqin vaqt mobaynida bepul resurs boʻlib qoladi

Buxgalter.uz portali karantin tufayli murakkab ahvolda qolgan Oʻzbekiston buxgalterlari va korxonalarini qoʻllab-quvvatlash uchun oʻzini tijoriy yoʻsinga oʻtkazishni yaxshi vaqtlar kelguncha kechiktirib turadi.

19.02.20

Kim buxgalter boʻlishi mumkin

24 fevral kuni «Norma» PRMda «Buxgalteriya hisobi – noldan balansgacha» oʻquv kursi boshlanadi. Buxgalteriya hisobini noldan boshlab oʻzlashtirish istagida boʻlgan barchani taklif etamiz.

13.01.20

«KADRLAR IShINI YuRITISh» oʻquv kursi

2020 yil 27 yanvar kuni «Norma» PRMda «KADRLAR IShINI YuRITISh» oʻquv kursi boshlanadi.

20.12.19

Elektron hisobvaraq-fakturalar bilan qanday ishlanadi

1 yanvardan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalar majburiy boʻladi. Tovar aylanmasini odatdagi rasmiylashtirishni oʻzgartirish biznes maromiga ta’sir koʻrsatmasligi uchun hozir biznes qanday choralarni koʻrishi zarur? Ushbu va boshqa savollarga 24 dekabr kuni tashkil etiladigan vebinar ishtirokchisi boʻlgan holda javob olishingiz mumkin.

10.12.19

Buxgalteriya hisobida soliq va bojxona imtiyozlari qanday aks ettiriladi

Siz oʻz imtiyozlaringizni 2019 yilda toʻgʻri hisobga oldingizmi? 17 dekabr kuni «Norma» kompaniyasi mahsulotlari foydalanuvchilari uchun bepul vebinar oʻtkaziladi.

Ommabop maqolalar

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi fa­oliyati­ning aso­siy yoʻna­lish­la­ri bel­gi­lan­di

Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.