Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
04.09.24

Tadbirkorlar uchun faoliyat yuritish sharoitlari yaxshilanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.

04.09.24

Tovarlarning hududiy prinsip boʻyicha erkin harakatlanishini cheklash bekor qilindi

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi”gi Qonunga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

04.09.24

Qizil kitob: yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan foydalanish tartibiga kiritilgan oʻzgartirishlar

«Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida»gi Qonunga qoʻshimchalar kiritildi

04.09.24

Pirotexnikaning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik kuchaytirildi

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

30.08.24

Maktablarda "Huquqiy sinflar" tashkil etiladi

Ularning vazifalari orasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda "Davlat va huquq asoslari" fanini chuqurlashtirib oʻrganish bor.

30.08.24

Elektr energiyasi va gaz uchun qarzdorlikni undirishga arizachidan qoʻshimcha hujjatlar talab qilinadi

Shuningdek qarzdor jismoniy shaxslardan pochta xarajatlarini undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlariga nisbatan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladi.

30.08.24

Ozodlikdan mahrum etish joylarida “Ombudsman qutilari” oʻrnatiladi

Ushbu qutilarni faqat Ombudsman yoki Bolalar ombudsmani ochishi mumkin boʻladi.

30.08.24

Bolalar bogʻchalari direktorlari sertifikatlanadi

Sertifikat olganlarga oylik maoshiga 30% miqdorida qoʻshimcha oylik ustama toʻlanadi.

29.08.24

Qurolni ixtiyoriy topshirgan shaxs ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi

Ushbu qoida pnevmatik, signal beruvchi, tigʻli sovuq, uloqtirish quroli va oʻzini oʻzi himoya qilish quroliga taaluqli

29.08.24

Shaharlar chegarasidagi qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun soliq yuki yengillashtiriladi

Chora mamlakat mintaqalari oʻrtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, tumanlar va shaharlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan.

29.08.24

Milliy investitsiya jamgʻarmasi tashkil etilmoqda

U aksiyadorlik jamiyati shaklida boʻlib, uning yagona aksiyadori aksiyalari ommaviy joylashtirilgunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi.

28.08.24

1 sentyabrdan nimalar oʻzgaradi

Norma.uz portali 2024 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.

28.08.24

Baholash faoliyati: tekshiruvlarda baholovchining ekspert sifatida ishtirok etishi

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga baholash faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritildi.

28.08.24

Himoya orderini berish soddalashtirildi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan uni YaIDXP orqali bepul olish mumkinligi belgilandi.

28.08.24

NNT vakili Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishlarida qatnashadi.

Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari belgilanmoqda.

28.08.24

Goʻsht eksportining alohida tartibi: qanday mahsulotlar roʻyxatga kiritildi

Oʻzgartirishlar eksportni ragʻbatlantirish va tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini ta’minlashga qaratilgan.

28.08.24

"Oqila ayol" harakati faollarini pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiradilar

Mablagʻlarni Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi va "Ma’rifat" targʻibotchilar jamiyati ajratadi.

27.08.24

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Hujjat bilan Qoʻmitaning vazifalari, huquq va majburiyatlari, hisobdorlik va boshqa organlar bilan hamkorlik tartibi belgilanmoqda.

26.08.24

Paxta xom ashyosi ishlab chiqaruvchilariga kredit berish shartlari oʻzgartirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ba’zi hujjatlariga tegishli qoʻshimchalar kiritildi.

26.08.24

Toshkentda Kreativ iqtisodiyot boʻyicha jahon konferensiyasi oʻtkaziladi

Uning doirasida Zamonaviy san’at markazi qoshidagi art-rezidensiyalar foydalanishga topshiriladi, Fransiya madaniyat markazi, Milliy restavratsiya markazi loyihalari, shuningdek "Abulqosim" madrasasi va "Oxunguzar" madaniy meros ob’yektida kreativ iqtisodiyot klasterlarini yaratish loyihalari taqdimotlari oʻtkaziladi.

26.08.24

Oʻzenergoinspeksiya Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazilmoqda

Unga energiya samaradorligi boʻyicha xalqaro standartlarni joriy etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, jarayonlarni toʻliq raqamlashtirish kabi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi.

23.08.24

Shaharsozlik sohasidagi nizolar qanday hal qilinadi

Vazirlar Mahkamasi bu sohadagi nizolarni sudgacha hal qilish tartibini tasdiqladi.

23.08.24

Ayrim unvonlarni berish muddatlari bir yilga uzaytirildi

Bular Qurolli Kuchlar, IIV, Milliy gvardiya va bojxona xizmatlaridagi katta leytenant va undan yuqori unvonlar.

23.08.24

Hududlarning master-rejalari qaysi hollarda ishlab chiqiladi

Batafsil rejalashtirish loyihalari hududlarning aniq muammolarini bartaraf etishga qaratilgan shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyihaviy yechimlarni oʻz ichiga oladi.

23.08.24

Yoshlar texnoparklari startapchilari xorijga stajirovkaga yuboriladi.

Doktoranturaga hujjatlarni esa Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirsa boʻladi.

23.08.24

Andijon viloyatida "Mebel kompleksi" kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda

Unda mebel mahsulotlari ishlab chiqarish sexlari, koʻrgazma pavilonlari, ochiq va yopiq savdo maydonchalari, furnitura va butlovchi qismlar savdo markazi joylashadi.

22.08.24

Yerlarni qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish uchun foizsiz qarzlar ajratiladi

Ularni vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash, nasos agregatlarini montaj qilish va ishga tushirish, daryo va kanallardan suv olish uchun uskunalar xarid qilish va boshqalarga ishlatish mumkin.

22.08.24

Suv hisoblagichlarni saqlashga kim ma’sul

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Huqumat qarorlariga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimi takomillashtirilishga qaratilgan oʻzgartishlar kiritilmoqda.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi tash­kil etil­di

Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

«Elektr xav­fsiz­li­gi oy­li­gi»: maqsad va va­zi­fa­lar

Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.