Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
05.03.20 NHH loyihalari
05.03.20

Soliqchilarning davlat ijrochilari bilan oʻzaro hamkorligi uchun elektron tizim ishga tushiriladi

Soliq organi majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish boʻyicha qarorini majburiy ijro etuvchi davlat organiga yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ishlab chiqildi.

05.03.20

Qurilishda narx shakllantirilishi Oʻzbekiston rejali iqtisodiyotida oʻzgarishlarni taqozo etadi

Smeta narxi shakllantirilishining amaldagi modeli va unga asoslangan institutsional va normativ-huquqiy baza ancha eskirib qolgan. Vaziyat oʻzbekistonlik quruvchilar ham xorijdagi singari yetakchi boʻlishlari uchun keskin oʻzgarishlar qilinishini talab etadi.

05.03.20 NHH loyihalari
05.03.20

Sayyor soliq tekshiruvlari qanday oʻtkaziladi

QHTBT portalida DSQning Sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori loyihasi joylashtirilgan.

04.03.20

Pensiya uchun 2005 yildan keyingi staj avtomatik tarzda tasdiqlanadi

Pensiyani rasmiylashtirish uchun 2005 yildan keyin amalga oshirilgan mehnat faoliyati boʻyicha stajni tasdiqlashning yangi tartibi Prezidentning 2020 yil 2 martdagi Farmoni bilan belgilangan.

04.03.20

Zargarlarga litsenziya va guvohnomalar berish tezlashtirildi

Zargarlik tarmogʻini tartibga soluvchi bir qator qonunosti hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

04.03.20

1 martdan nimalar kuchga kirdi

Yer uchastkalarini xususiylashtirish, yangi turdagi tekshiruvlar, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalariga nisbatan qoʻshimcha talablar hamda iqtisodiyot, fan va ijtimoiy sohadagi boshqa bir qator oʻzgartirishlar – sharhimizda.

04.03.20

Tashqi reklama qanday talablarga mos boʻlishi kerak

Tashqi reklama ob’yektlarini (konstruksiyalarini) qurish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

03.03.20

Reklama konstruksiyasini auksion gʻolibi oʻrnatadi

Hukumat tomonidan tashqi reklama ob’yektlarini (konstruksiyalarini) qurish uchun beriladigan yer uchastkalari, davlat mulki boʻlgan bino va inshootlar roʻyxatini shakllantirish hamda ularni qurish huquqini olish uchun elektron auksion oʻtkazish tartibi belgilandi.

02.03.20

Reklama ob’yektlari xavfsiz boʻlishi lozim

Tashqi reklama ob’yektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi.

02.03.20

Tashqi reklama bozorida qanday oʻzgarishlar kutilmoqda

Vazirlar Mahkamasi tomonidan reklama faoliyati sohasiga oid talablar belgilandi va ushbu sohaga taalluqli nizomlar tasdiqlandi.

02.03.20

Boʻstonliq tumanida mol-mulkni ijaraga berish va soliq solish soddalashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining 20.02.2020 yildagi 107-son qarorida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida soliq solish ob’yektlarini hisobga olish va soliq ma’muriyachiligi boʻyicha tajriba oʻtkazilishi nazarda tutilgan.

28.02.20

Kreditni rasmiylashtirish chogʻida bankning majburiyatlari kengaytirildi

Shuningdek, bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning tarkibi qayta koʻrib chiqildi. Tuzatishlar MBning tegishli hujjatlariga kiritildi.

28.02.20

MHXS boʻyicha ikkinchi urinish: Moliya vazirligi nimaga urgʻu bermoqda?

Oʻzbekiston 2015 yilda MHXSni joriy etishga kirishgan. Biroq tahlil shuni koʻrsatdiki, sifati va MHXSga toʻliq muvofiq boʻlishi yuzasidan kutilgan natija oʻzini oqlamadi. Aksariyat AJlari shunchaki talabga e’tibor berishmagan.

28.02.20

Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish kim tomonidan va qanday taqiqlanadi

Fitosanitar xavfni tahlil qilish, fitosanitariya choralarini qoʻllash va bekor qilish tartibi tasdiqlandi.

28.02.20

Ipoteka: qarz oluvchilar va banklarga qanday talablar qoʻyiladi

Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan Aholiga koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olish uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari ajratish konsepsiyasi tasdiqlandi.

27.02.20

Daraxtlar kesilishiga moratoriy qanday amalga oshiriladi

Hukumat tomonidan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining 78 nomdan iborat roʻyxati tasdiqlandi hamda ular kesilishiga moratoriyni amalga oshirish tartibi belgilandi.

27.02.20

Oʻzbekiston ShHT doirasida mediahamkorlik shartlarini qabul qildi

Prezident tomonidan ShHTga a’zo davlatlar hukumatlari oʻrtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

27.02.20

Harbiy xizmatga chaqiruv e’lon qilindi

Prezident tomonidan fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisidagi qaror imzolandi.

26.02.20

Soliq hisoboti – yangi shakllar boʻyicha

Davlat soliq qoʻmitasining qarori bilan soliq hisoboti shakllari tasdiqlandi.

26.02.20

Shaharsozlik, qimmatbaho metallar va reglament boʻyicha oʻtkazilmagan tantanalar uchun jarima

Qonunchilik palatasi yigʻilishida 25 fevral kuni deputatlar mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar.

26.02.20

Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishni isloh qilish koʻlami kengaytirildi

Yangi vazirlikning tashkil etilishi, fuqarolar yigʻinlaridagi tuzilmaviy qayta tashkil etishlar va ularning vazifalarini qayta koʻrib chiqish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini moliyalashtirishning yangi tizimiga oʻtish – bularning hammasi Prezidentning 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmonida nazarda tutilgan.

26.02.20

Oʻzbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish jadallashadi

2020 yil 24 fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasida MHXSga oʻtish tarixida yangi sahifa ochadigan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

25.02.20 NHH loyihalari
25.02.20

Esdalik tangalar bilan nima qilsa boʻladi

Markaziy bank QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining esdalik pul belgilarini tayyorlash, sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni joylashtirdi.

25.02.20

1 fevraldan talabalarga stipendiyalar yangi qoidalar boʻyicha toʻlanadi

Hukumat tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlashning yangi tartibi tasdiqlandi.

25.02.20

Iste’mol spirtining sifati – nazoratda

Iste’mol etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalarda joylashgan laboratoriyalar faoliyatini tartibga soluvchi Nizom Vazirlar Mahkamasining 19.02.2020 yildagi 97-son qarori bilan tasdiqlandi.

25.02.20

QQS Oʻzbekistonda Internet rivojlanishini sustlashtiradimi

Internet tarmogʻida Oʻzbekistonda «Google Tax» elektron xizmatlariga soliq solish toʻgʻrisida maqolalar berilmoqda. Vuxgalter.uz moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod Sultonovga murojaat qilib, ushbu sohadagi yangiliklar haqida ma’lumot berishni soʻradi.

24.02.20

Limonlarni yetishtirish kooperatsiyalariga subsidiyalar beriladi

Prezident tomonidan limonchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga doir qaror imzolandi.

24.02.20

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasi giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi sohasidagi ikkita nizomni tasdiqladi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.