Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Kredit ta’tili” vaqtida foizlar hisoblanadi

08.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

MBning tijorat banklari va ularning qarz oluvchi mijozlariga murojaatida kreditlar boʻyicha kechiktirishning amal qilish meхanizmi yuzasidan tushuntirish berdi.

 

Biz avval yozganimizdek, pandemiya tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlar va fuqarolarga kreditlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish muddati 2020 yilning 1 oktyabriga qadar kechiktiriladi. Shuningdek, karantin rejimi faoliyatiga salbiy ta’sir koʻrsatgan qarzdorlarning muddati oʻtgan kreditlariga jarima sanksiyalari qoʻllanmaydi va undiruv garov ta’minotiga qaratilmaydi.

Shu munosabat bilan Markaziy bank banklar rahbarlarini karantin davrida mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish tartibini tushuntirgan holda markaziy telekanallarda doimiy brifinglarda ishtirok etish, buning uchun OAV, blogerlar va boshqa bogʻlanish boʻyicha aloqa kanallari: veb-saytlar, ishonch telefonlari, telegram-botlardan faol foydalanishga chaqiradi.

 

Qarz oluvchilar ham shuni nazarda tutishlari lozim: «kredit ta’tili” davrida kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etadi va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan soʻng toʻlanishi lozim. Shu bois, qarz summasi oshib ketishining oldini olish maqsadida MB joriy davr uchun kredit boʻyicha toʻlovni amalga oshirishga moliyaviy imkoniyati boʻlgan qarzdorlarga oʻz kreditlarini kredit shartnomalarida belgilangan muddatlarda soʻndirishni davom ettirishni tavsiya etadi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_