Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Muassisdan foizsiz qarz: BHMS, MHXS boʻyicha va foyda soligʻida qanday hisobga olinadi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi

OTM kontraktini 15 oktyabrgacha toʻlash mumkin

25.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi 2019/2020 oʻquv yilida kontrakt uchun toʻlov oʻtkazishning belgilangan muddati uzaytirilishi haqida e’lon qildi.

 

Toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 2019 yil 15 oktyabrga qadar toʻlov haqini oʻtkazishlari hamda talabalar safiga qabul qilinishlari mumkin.  Toʻlov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddatlari OTM rektori (filial direktori) tomonidan uzaytiriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, umumiy qoidalarga koʻra, belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50%i – ta’limning birinchi yilida - 15 sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi yillarda - 1 oktyabrgacha oʻtkaziladi. Qolgan summa 1 martgacha toʻlanadi.

 

Talabalar stipendiya olish yoki olmaslikni tanlash huquqiga ega ekanliklari ilgari хabar qilingan edi. Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha kontrakt miqdorlari – bu yerda.