Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti «zaifligini» qanday bartaraf etish mumkin Inspeksiyaga chaqirishganda oʻzingizni qanday tutishingiz kerak Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi

Stomatolog talabalar ikkita OTM diplomini oladilar

18.10.2019

Rus tilida oʻqish

Toshkent davlat stomatologiya instituti (TDSI) Janubiy Qozogʻiston tibbiyot akademiyasi bilan qoʻshma fakultet tashkil etish boʻyicha shartnoma imzoladi, deb хabar berdi institut matbuot хizmati.

 

Fakultet 2020/2021 oʻquv yilidan Janubiy Qozogʻiston tibbiyot akademiyasida oʻz faoliyatini boshlaydi, ta’lim jarayoni kredit–modul tizimi asosida amalga oshiriladi.

 

TDSI pedagoglari Qozogʻiston oʻqituvchilariga oʻquv jarayonini tashkil etish boʻyicha uslubiy yordam beradilar, ma’ruza va seminar mashgʻulotlarini oʻtkazishga koʻmaklashadilar, talabalarning oʻquv-ilmiy dasturlarida ishtirok etadilar.

 

TDSI ellikka yaqin nufuzli OTMlari - Moskva davlat tibbiyot stomatologiya universiteti,  Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti, Orenburg davlat tibbiyot universiteti, Ternopol milliy tibbiyot universiteti bilan hamkorlik boʻyicha memorandum imzolagan.

 

Qoʻshma fakultetlar talabalari dastlabki 2 yil mamlakatimizda ta’lim oladilar, oʻqishni esa hamkorlik qilayotgan OTMlarda tugallaydilar. Bitiruvchilar ikkita OTM diplomini oladilar.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_