Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tovarlari qanday identifikatsiya qilinadi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanishicha mahalliy ishlab chiqarishda foydalaniladigan import materiallarning ulushi tovar qiymatining foizlardagi ulushi tovar tannarxida 70 foizdan oshmasa, u ham mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan deb tan olinadi.
Tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi belgilandi
Markalarni xarid qilish uchun ishlab chiqaruvchilar bevosita «Davlat belgisi» DUKga, import qiluvchilar Bojxona qoʻmitasi orqali murojaat qilishadi.
"Yer qa’ri toʻgʻrisida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi
Yer osti boyliklari va tabiiy ravishda yer qa’rida joylashgan barcha foydali qazilmalar Oʻzbekistonning davlat mulki hisoblanadi, ulardan oqilona foydalanish lozim va bu boyliklar davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Avtotransportning vazni va xajmi ustidan nazorat xususiy sektorga oʻtkaziladi
Avtomobil yoʻllarida vazn va hajm parametrlari nazorati boʻyicha zamonaviy oʻlchov vositalari bilan jihozlangan statsionar va koʻchma shoxobchalar oʻrnatilib, ularni ishlatishga xususiy sektor jalb qilinadi.
DXSh loyihalari qanday amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish va moliyalashtirishni tartibga soluvchi nizomlarni tasdiqladi.
Tamaki mahsulotlarining tranzit tartibi belgilanmoqda
Tovarlar respublika tashqarisiga olib chiqilganligi tasdiqlangandan soʻng toʻlangan bojxona summalari qaytariladi.
Navoiy davlat universiteti tashkil etilmoqda
Universitetda aniq va tabiiy fanlar, AT, sun’iy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xoʻjaligi va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
Asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldirildi
2024 yil 31 oktyabrda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 13,5% darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Pensiyalar tayinlash va toʻlashda byurokratiya qisqartiriladi
Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Sudgacha sanatsiya qilish jarayonida davlat tomonidan qanday yordam koʻrsatiladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan birinchi navbatda sudgacha sanatsiya qilinadigan korxonalar doirasi belgilandi.
Atom energiyasi agentligining vazifalari belgilandi
Ular orasida atom energiyasidan foydalanish bilan bogʻliq davlat va xususiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish vazifalari bor.
Individual harakatlanish vositalarini boshqarish vaqtida YHQni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
MJTKga kiritilayotgan qoʻshimchalar bilan tez tibbiy yordam va yongʻin xizmati tomonidan avtohuquqbuzarliklarni tugatish tartibi belgilanmoqda.
Davlat chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Hujjat bilan fuqarolarning chegara zonasida vaqtincha yashash tartibi belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida yangi qonun qabul qilindi
Qonun Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tartibga soladi, uning tuzilmasi va vazifalarini hamda ish faoliyati prinsiplarini belgilaydi. Qonunning oldingi tahriri 2019 yilda qabul qilingan edi.
Suv resurslarini boshqarish sohasidagi qonunchilikka qoʻshimchalar kiritildi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ushbu sohani takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Autstaffing xizmatlari qanday koʻrsatiladi
Autstaffing - ish beruvchi tomonidan oʻz xodimlarini ularning roziligi bilan boshqa yuridik shaxslarga mehnat vazifalarini bajarish uchun vaqtincha yuborish orqali koʻrsatiladigan xizmat turi.
Xorijdagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi
Rivojlangan mamlakatlarga vaqtinchalik mehnat faoliyati uchun chiqib ketayotgan fuqarolarga tijorat banklari 10 mln soʻmgacha mikrokredit ajratadi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2024 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Kinematografiya Milliy komissiyasining vazifalari belgilandi
Xalqaro kinoprodyuserlar federatsiyasi akkreditatsiya qilgan kinofestivallarning nominatsiya gʻoliblari yoki Gran-pri sohiblariga BHMning150 baravarigacha miqdorda mukofot berish rejalashtirilmoqda.
Migratsiyani boshqarish tizimi isloh qilinmoqda
Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligi tashkil etildi. U xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish bilan bogʻliq nazorat tadbirlarini oʻtkazish huquqiga ega.
Muhtoj fuqarolarga ipoteka boʻyicha subsidiyalar qanday beriladi
Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga koʻra, xususiy uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun 120 mln soʻmgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ipoteka kreditlari ajratiladi.
Qishlok xoʻjaligida suv olish limitlari xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi
«Suv yetkazib berish xizmati» muassasalarining vazifa va vakolatlari belgilanmoqda.
Oʻzagroinspeksiyaning vazifalari kengaytirildi
Import qilinadigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlik va koʻchat materiallarida genetik modifikatsiyalangan organizmlarni (GMO) aniqlash mazkur vazifalardan biri.
Texnikumlar yagona tarmoqqa birlashtiriladi
Kadrlar tayyorlash Xalqaro ta’lim standartlari tasniflagichi va Oʻzbekiston Milliy malaka tizimi talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilmoqda
Davlat mulki ob’yektlarini «nol» xarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilish tartibi bekor qilinmoqda.
Maishiy zoʻravonlikdan himoyalanish uchun qoʻshimcha choralar koʻrildi
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks, Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Tadbirkorlardan hisobotlarni talab qilib olish jarayonida davlat organlarining ma’suliyati oshirilmoqda
Xususan, Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ruyxatiga kiritilmagan hisobotlarni talab qilib olganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Yoqilgʻi-energetika resurslari iste’molchilarining energiya auditini oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
2024 yil 1 noyabrdan 200 kvadrat metrdan ortiq maydonli bino va inshootlarning energiya samaradorligini aniqlash uchun quyidagi toifalar joriy etiladi: «A», «V», «C», «D», «Ye», «F» va «G».
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


