Konstitutsiya kuni qanday oʻtkaziladi
Ushbu kunni nishonlash «Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!» shiori ostida oʻtadi.
Qonunchilikni Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish davom ettirilmoqda
Diqqat markazida - mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyati.
Davlat IT-park rezidentlarini qanday qoʻllab-quvvatlaydi
Xususan, ularga ingliz tili bilan bir qatorda boshqa xorijiy tillarni oʻqitishga ruxsat berildi.
Parvarishga muhtoj fuqarolarni manzilli ijtimoiy himoya qilish kuchaytirilmoqda
Xususan, yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar ayrim davlat boji toʻlashdan ozod etildi.
Davlat mulkini xususiylashtirish sohasi takomillashtirilmoqda
Xususiylashtirish sohasining takomillashtirilishi sababli bir qator Prezident hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati takomillashtirilmoqda
Xususan, qishloq xoʻjaligi texnikasi, uni ishlab chiqarish uchun materiallar va butlovchi qismlar importi uchun QQS toʻlash muddati 120 kungacha qisqartirildi.
Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi
Strategiya sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 mlrd AQSh dollariga yetkazishni nazarda tutmoqda.
Raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalar qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Ularni moliyalashtirish maqsadida IT-park huzurida Venchur fondi tashkil etiladi.
"Umra" tadbirini tashkil etish qoidalari belgilandi
"Umra" tashkilotchisi uchun talablardan biri Saudiya Arabistoni hududidagi hamkor tashkilot bilan ish koʻrishdir.
Iqtisodiyot tarmoqlarida kosmik monitoring qanday oʻtkaziladi
Geologiya sohasida yer qa’ridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish holatlarini aniqlash bu sohadagi yoʻnalishlardan biri boʻladi.
Yoʻl harakati qoidalariga tasmasi bor yoʻl orqali harakatlanishni cheklovchi qoʻshimcha kiritilmoqda
Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari bundan mustasno
Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari ishlab chiqildi
Ular elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori ishtirokchilari uchun umumiy texnik talablarni belgilaydi.
Bir qator qonunlarga oʻzgartirishlar kiritildi
Qonunga oʻzgartirishlar ayrim tushunchalarning aniq hamda bir xil qoʻllanilishiga xizmat qiladi.
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etilmoqda
U "chiqindisiz" tamoyilini joriy etish uchun mas’ul boʻlgan davlat organi hisoblanadi.
Toshkentda "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" turistik yarmarkasi tashkil etiladi
U joriy yilda Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oʻtkaziladi.
Suv xoʻjaligi sohasida bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi
Ularni qabul qilishdan maqsad suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining samaradorligini oshirish hisoblanadi.
AJ xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasi qanday joriy etiladi
Aksiyalari birlamchi ommaviy taklif qilish orqali sotilishi belgilangan davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan jamiyatlarda egalik qilish rejasi joriy etilishi shart.
Nogironligi bor bolalar yuridik texnikumlarda bepul oʻqishadi
Shuningdek, ular uchun alohida qabul parametrlari belgilanadi.
"Uzex Agro" platformasi ishga tushirilmoqda
U aholi xoʻjaliklarida, shuningdek dehqon va fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini erkin bozor narxlarida sotish imkonini beradi.
Dekriminalizatsiya: ayrim yengil tan jarohatlari uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi
Shuningdek, yarashuv munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadigan huquqbuzarliklar roʻyxati kengaymoqda.
Dorilarning postmarketing nazorati qanday oʻtkaziladi
Jismoniy va yuridik shaxslardan axborot va murojaatlar kelib tushishi uni oʻtkazish asoslaridan biri hisoblanadi.
Milliy malaka tizimi takomillashtiriladi
Uni isloh qilish yoʻnalishlaridan biri mashgʻulotlar, kasblar va lavozimlar milliy klassifikatorini xalqaro standartlar asosida ishlab chiqish va rivojlantirishdan iborat.
"Kambagʻallikdan farovonlikka" dasturini amalga oshirish choralari koʻrildi
Ushbu chora-tadbirlardan biri kasbiy koʻnikmalar markazlarini tashkil etishdir.
Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish choralari koʻrildi
Ushbu chora-tadbirlar maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xususiy sektor vakillarini qoʻllab-quvvatlashga ham qaratilgan.
"Kreativ iqtisodiyot toʻgʻrisida"gi Qonun qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasi kreativ iqtisodiyot sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etildi
U zamonaviy texnologiyalar asosida nomzodlarning bilim va koʻnikmalarini baholash orqali davlat fuqarolik xizmatini salohiyatli va istiqbolli rahbar kadrlar bilan ta’minlaydi.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda
Shuningdek, voyaga yetmaganlarni ushbu jinoyatlarga jalb etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solishga holatlar belgilandi
Ular qatoriga xalqaro ilmiy, madaniy, sport tadbirlari ishtirokchilarini hamda xalqaro ekspeditsiyalar ishtirokchilarini davolash holatlari kiritilgan.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


