Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun ishlab chiqildi

12.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

Qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan, jamoatchilik muhokamasi 21 dekabrgacha davom etadi.

 

Eslatib oʻtamiz, davlatimiz rahbari 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda investitsiya kiritish uchun eng qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, investitsiya faoliyati sohasidagi unifikatsiya qilingan qonun hujjati loyihasini ishlab chiqish va kiritish vazifasini topshirgan (1.08.2018 yildagi PF–5495-son Farmonning 11-bandiga qarang).

 

Avvaliga u Investitsiya kodeksi boʻlishi rejalashtirilgan edi. Xususan, portalimizda uning konsepsiyasi va hatto kodeksning oʻzini sharhlagan edik. Biroq keyinchalik hujjat formatini qayta koʻrib chiqib, uni qonun koʻrinishida chiqarishga qaror qildilar. «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning konsepsiyasini oktyabr oyining ikkinchi yarmida taqdim etdilar.

 

E’lon qilingan qonun loyihasi bugungi kunda turli hujjatlar: «Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida», «Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida», «Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida», «Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida», «Konsessiyalar toʻgʻrisida», «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida»gi qonunlar va boshqa hujjatlarda, shuningdek bir qator qonunosti hujjatlarda mavjud boʻlgan normalarni tizimli ravishda oʻzida mujassamlashtirdi.

 

Tarkibiy jihatdan olganda hujjat 10 ta bob, 251 ta moddadan iborat. Umumiy qoidalar bilan bir qatorda unda investitsiyalar va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, investitsiyalarni institutsional boshqarish jihatlari (investitsiya, pay investitsiya va venchur fondlari), erkin iqtisodiy zonalarda, konsessiyalar hamda mahsulot taqsimotiga oid bitimlar doirasida investitsiyalash хususiyatlari qayd etilgan. Oʻzbekistonda chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi va mamlakatimiz tashqarisida investitsiya faoliyatining amalga oshirilishi tartibga solingan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.    

 

Oleg Zamanov.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_