Qaysi chek hisobvaraq-faktura oʻrnini bosadi?
Dolzarb mavzu yechimiga doir fikrimizni e’tiboringizga havola etamiz
Kollej va litseylarda psixolog shtatlari oshiriladi
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3119, 11.01.2019 y.)
Maktabning kuzatuv kengashiga kimlar kiradi
Umumiy oʻrta ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3118, 11.01.2019 y.).
Davlat raqobat qoʻmitasi oʻrniga uchta idora tashkil etildi
Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish boshlandi
Kontraktlar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlarni majburiy ekspertiza va roʻyxatdan oʻtkazish bekor qilinadi
Prezidentning 10.01.2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-4105-son qarori qabul qilindi
Korporativ karta orqali hisoblashish: hisobot hujjatlari roʻyxatiga tuzatish kiritildi
Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Sudyalarga pensiya qanday tayinlanadi va toʻlanadi
Vazirlar Mahkamasining 9.01.2019 yildagi 11-son qarori bilan sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi tasdiqlandi
Teatr yoki muzeyga – elektron bilet bilan
2020 yilga kelib madaniyat va sport muassasalarida blokcheyn texnologiyalarini qoʻllagan holda Bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimi joriy qilinadi
Pensiyalar qanday qilib qaytadan hisoblab chiqiladi
Sharhimizda byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Toshkent shahar boshqarmasining pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori 8 EKIHdan 10 EKIHgacha oshirilgani munosabati bilan pensiyalar qaytadan hisoblab chiqilishi toʻgʻrisidagi rasmiy tushuntirishi yoritilgan
Uylar va korxonalar joylashgan yer xususiy mulk qilib olinadi
Adliya vazirligi Prezidentning «Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilingani haqida xabar berdi
Toshkentda yangi texnopark paydo boʻladi
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish boʻyicha loyiha Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Hindistonning Dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati oʻrtasidagi kelishuv asosida amalga oshirilmoqda
Fohishalik bilan shugʻullanganlik uchun jarimalar oshirildi
9.01.2018 yildagi OʻRQ-514-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli tuzatishlar kiritildi
Advokatlarga nisbatan intizomiy ish qanday yuritiladi
Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi
QQS kassa chekida koʻrsatilgan boʻlishi kerak
Bu haqda Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining oʻz hududiy boshqarmalariga yuborilgan 11.01.2019 yildagi xatida koʻrsatib oʻtilgan
Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallar va toshlarni toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olishlariga ruxsat beriladi
Xususan, Vazirlar Mahkamasining 10.01.2019 yildagi 16-son qarorida bu haqda soʻz borgan
Barcha javoblarni DSQ xodimlaridan olasiz
Davlat soliq qoʻmitasi qabul qilingan soʻnggi hujjatlar yuzasidan tushuntirish berish maqsadida seminar oʻtkazadi
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tashkil etildi
Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etildi. Bu Prezidentning 11.01.2019 yildagi PF-5621-son Farmonida nazarda tutilgan
Urbanizatsiya agentligi va Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi
Ikkala muassasa Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida faoliyat koʻrsatadi
Moliya vazirligi va DSQ QQS boʻyicha hisobga olishning ayrim jihatlarini tushuntirdi
QQSga oʻtish masalasi u bilan birinchi bor toʻqnash kelayotgan soliq toʻlovchilarda koʻplab savollarni tugʻdirmoqda. Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash va byudjetga toʻlashdagi ayrim masalalarni tushuntiruvchi xatni oʻzining hududiy boshqarmalariga yubordi
Tilanchilik qilganlik uchun jazolaydilar
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga «Tilanchilik qilish» yangi moddalari kiritildi
Kichik sanoat zonalari ishtirokchilari uchun imtiyoz va preferensiyalar bekor qilinmoqda
Prezidentning 10.01.2019 yildagi PF-5621-son Farmoni chiqqandan keyin KSZ ishtirokchisi boʻlishga qaror qilgan tashkilotlar endilikda bu imtiyoz va preferensiyalarga ega boʻla olmaydilar. Lekin faoliyat koʻrsatayotgan ishtirokchilar barcha imtiyozlarni 2020 yilning 1 yanvariga qadar saqlab qoladilar
Sudlarda davlat bojini toʻlashda kimlar imtiyozlardan mahrum etildi
Soliq kodeksiga sudlarda davlat bojini toʻlash bilan bogʻliq tuzatishlar kiritildi (9.01.2019 yildagi OʻRQ–513-son Qonunga qarang)
Advokat litsenziyasini olish uchun muomalaga layoqatliligingizni tasdiqlang
Advokat maqomini olishga talabgor shaxslar uchun malaka imtihoni boʻyicha yangi tartib belgilandi (roʻyxat raqami 1921-3, 9.01.2019 y.)
Topshirish kerakmi yoki yoʻqmi – mana masala qayerda
2019 yil I choragi uchun Foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani DSIga taqdim etish bilan bogʻliq vaziyat bu hafta eng koʻp muhokama qilingan mavzulardan biri boʻldi. Soliqchilar uni topshirmagan yoki «nol» bilan toʻldirgan soliq toʻlovchilarga nisbatan jarima sanksiyalarini qoʻllash-qoʻllamasliklari haqida soliq maslahatchisi Gulnora Ergasheva tushuntirish beradi
Soliq islohotlari: hali davom etmoqda
Bu 2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining «Yoʻl xaritasi»da belgilangan
Jizzax viloyatida davlat tomonidan boshqarishning samarali modeli sinaladi
Jizzax viloyatida 2019 yil 1 martdan boshlab hududni kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish boʻyicha “Ilgʻor hudud” sinov loyiha boshlanadi
18 yoshgacha pasport olmaganlik uchun jarima toʻlanmaydi
MJTKdagi ma’muriy javobgarlikka tortiladigan eng kichik yosh koʻrib chiqildi
Yuristlar maslahatlaridan foydalanish imkoniyati oshadi
Milliy huquqiy internet portali, bepul yuridik maslahatlar bilan Advice.uz axborot tizimi yaratiladi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


