Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nazoratning yangi tartibi: tekshiruvlarni videotasvirga olish va elektron hisob yuritish tizimi Moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirish va sugʻurtaga e’tibor: «Reklama toʻgʻrisida»gi qonunda nimalar oʻzgarmoqda 505-son VMQning yangi qoidalariga koʻra xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni qoplash: nimalarni inobatga olish kerak 505-son VMQning yangi qoidalariga koʻra xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni qoplash: nimalarni inobatga olish kerak
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
07.12.16

Norma.uz portali oʻquvchilariga!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining Norma.uz portali oʻquvchilariga tabrigi

07.12.16

Pul mukofoti berishsa… uni nimaga sarflash kerak?

Hamma turlicha miqdorda pul mukofoti oladi. Kimdir maoshining yarim yoki bir barobarida pul olsa, kimdadir ushbu summa arzimas miqdorda boʻladi. Ammo agar hali ham “oila fondi”ni tuzmagan boʻlsangiz, pul mukofoti u qancha miqdorda boʻlmasin, shunday maqsad yoʻlidagi birinchi qadam boʻlib xizmat qilishi mumkin

07.12.16

Oʻzbekiston qator mamlakatlar uchun viza rejimini bekor qiladi

Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni e’lon qilindi

07.12.16

PRMda seminar: ustav fondi va u bilan bogʻliq barcha masalalar

«Korxonaning ustav fondi – belgilanishi, shakllantirish, hisobga olish tartibi. Ta’sischilar bilan hisob-kitoblar» – «Norma» PRMda 13 dekabr kuni boʻlib oʻtadigan bonusli seminar shunday nomlanadi. Tadbir korxonalar rahbarlari, bosh buxgalterlar, moliyaviy direktorlar, auditorlar va soliq maslahatchilari uchun qiziqarli boʻladi

06.12.16

Boj toʻlanganligi haqida YaIDXP orqali xabarnoma bering

“Chet el tovarlarining harakatiga bojxona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash haqida xabarnoma berish” – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP)da joriy etilgan yangi interaktiv xizmat shunday nomlanadi

06.12.16

2017 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi

Davlat statistika qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 2843, 2016 yil 1 dekabr) bilan 2017 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi

06.12.16

Chekishga qaror qilsangiz – ogohlantiruvchi belgilarga qarang

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2840, 2016 yil 30 noyabr) bilan Alkogol va tamaki mahsulotlari iste’mol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgilarni tayyorlash hamda ularni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

06.12.16

Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxati kengaytirildi

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2842, 2016 yil 30 noyabr) bilan yangi Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxati tasdiqlandi

06.12.16

Musiqa maktablari asbob-uskunalar bilan normativ boʻyicha jihozlanadi

Xalq ta’limi vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2841, 2016 yil 30 noyabr) bilan Bolalar musiqa va san’at maktablarini musiqa asboblari, maxsus mebellar, asbob-uskunalar va boshqa anjomlar bilan jihozlash normativlari tasdiqlandi

06.12.16

Auditorlik hisobotlari va xulosalari qanday tuziladi?

Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2844, 2016 yil 1 dekabr) bilan Oʻzbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti (70-son AFMS) "Moliyaviy hisobot toʻgʻrisidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi" tasdiqlandi

05.12.16

TIAISV tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati tasdiqlandi

Prezidentning 23.11.2016 yildagi PF–4858-son Farmoni bilan qator hujjatlar “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini optimallashtirish va faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2015 yil 31 dekabrdagi PQ-2463-son qarori bilan muvofiqlashtirildi

05.12.16

Buxgalterlarni milliy sertifikatlash boʻyicha imtihonlarni oʻtkazish muddatlari e’lon qilindi

16-18 dekabr kunlari Toshkent shahrida “Sertifikatlangan amaliyotchi-buxgalter”, “Sertifikatlangan malakali buxgalter” dasturlari boʻyicha buxgalterlarni milliy sertifikatlash doirasida test imtihonlari oʻtkaziladi

05.12.16

2017 yil 1 yanvardan alkogol mahsulotlari narxi oʻzgaradi

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qarori (roʻyxat raqami 2845, 2016 yil 1 dekabr) bilan 2017 yil 1 yanvardan alkogolli mahsulotlarga (pivodan tashqari) yangi minimal ulgurji-sotish va chakana narxlar belgilandi

05.12.16

Rejalashtirilgan ishlarni oʻz vaqtida bajarishning 22 usuli

Ba’zan kun oxirlaganda ogʻir “ux...” tortamiz. Rejalashtirilgan ishlarning yarmini ham bajarishga ulgurmapmiz-ku! Horgʻinlik, charchoq, quvvat, e’tibor yetishmasligi, boshqa ishlarga chalgʻib ketganimiz sababli asosiy ishlar qolib ketganidan afsuslanamiz. Bu muammoni bartaraf etishning bir nechta usullari mavjud. Roʻyxatdagi usullarning uchdan birini bajarsangiz ham kunning unumini kamida ikki barobar oshirishga erishasiz!

05.12.16

XXTUT oʻrniga IFUT

Bizning mutaxassislar tomonidan tayyorlangan “XXTUT oʻrniga IFUT” maqolasida IFUTni qoʻllashning muhim masalalari yoritilgan: uning tuzilmasi, statistik hisobotlarda qoʻllash tartibi, kodlarni mustaqil ravishda belgilash asoslari, IFUT boʻyicha tashkilotlar xodimlarining oʻrtacha yillik soni, soliq solish masalalari va hokazo

02.12.16

NHH loyihalari: soliq maslahatchilari uchun jarimalar

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida soliq maslahatchilari tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq qonun hujjatlariga kiritiladigan tuzatishlar loyihasi muhokama qilinmoqda

02.12.16

Virtual mahsulotlarga real chegirmalar!

NRM.UZ Internet maydoni ilk marotaba jismoniy shaxslarga Norma kompaniyasi mahsulotlaridan nisbatan katta boʻlmagan haq evaziga foydalanish imkoniyatini taqdim etadi

02.12.16

Biznes uchun eng qulay mobil ilovalar

Mobil uskunalar kompyuterlar zimmasidagi ulkan va ogʻir vazifalarni oʻz boʻyniga olishi uchun koʻp vaqt talab etilmadi. Olimlar mobil telefonlar uchun moʻljallangan ilovalarni deyarli har kuni ixtiro qilishmoqda. Quyida biznes olami vakillari uchun qoʻl keladigan oddiy va qulay mobil ilovalar bilan tanishtiramiz

01.12.16

NHH loyihalari: soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida e’lon qilingan qonun loyihasida soliq organlarining soliq toʻlovchi bilan elektron formatdagi hamkorligi tartibini belgilaydigan tuzatishlarni Soliq kodeksiga kiritish taklif etilmoqda

01.12.16

NHH loyihalari: kameral nazorat tartibiga tuzatish kiritilmoqda

Amaldagi soliq qonunchiligi bilan oʻrnatilgan kameral nazorat va naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibiga tuzatishlar kiritish taklif etilmoqda. Soliq kodeksiga tegishli tuzatishlar loyihasi qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida e’lon qilindi

01.12.16

Uchtadan kami – kasaba uyushmasi emas

«Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar e’lon qilindi hamda kuchga kirdi

01.12.16

NHH loyihalari: xoʻjalik ishlari elektron shaklda

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash portalida e’lon qilingan qonun loyihasida xoʻjalik ishlarini shakllantirish tartibini tartibga soladigan Xoʻjalik protsessual kodeksiga qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan

30.11.16

Oʻrindoshlardan ortiqcha hujjatlarni soʻramang

Vazirlar Mahkamasining 26.10.2016 yildagi 362-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 18.10.2012 yildagi 297-son “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

30.11.16

NHH loyihalari: valyuta bozorini qanday oʻzgarishlar kutmoqda?

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash portalida Prezidentning valyuta siyosatini yanada liberallashtirish va takomillashtirish, ichki valyuta bozorini rivojlantirish hamda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan “Valyuta siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi

30.11.16

Litsenziyani qayta rasmiylashtirish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasiga izohlar

30.11.16

Plastikka oʻtkazmalarni deklaratsiyalash kerakmi?

Shunday qilib, agar plastik kartangizga boshqa jismoniy shaxslar pul oʻtkazishsa, soliq deklaratsiyasini topshirish kerakmi yoki yoʻq?

29.11.16

Xodimlar bilan ishlashda qoʻl keluvchi 4 maslahat

Rahbarning xodimlarini qanday boshqarishiga qarab, uning yetakchilik, liderlik va umuman boshqarish qobiliyatiga baho bersa boʻladi. Qoʻl ostidagi ishchilar bilan munosabatni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish butun kompaniyaning muvaffaqiyatini, ishning unumdorligini ta’minlab beradi. Quyida boy tajribaga ega boʻlgan tadbirkorlarning bu boradagi yondoshuvi bilan tanishasiz

29.11.16

Gimnastika boʻyicha trenerlar va hakamlarni respublika maktabi tayyorlaydi

Prezidentning 7.11.2016 yildagi PQ–2654-son qarori bilan mamlakatimizda sportning gimnastika turlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.