Biznes kuchli himoyaga muhtoj
Yuristlar malakasini oshirish markazida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi va Adliya vazirligi hamkorligida tadbirkorlik faoliyatini aniq va samarali himoya qilishga bagʻishlangan “Biznes va inson huquqlari” mavzusida seminar oʻtkazildi
Sarafan radiosi biznesda qanday “ishlaydi”?
Xorijda sarafan radiosi atamasini keng qoʻllashadi. Bu atamaning qayerdan, qanday kelib chiqqani hali-hanuz noma’lumligicha qolmoqda. Sarafan radiosi ogʻizdan-ogʻizga oʻtuvchi reklamadir: oddiyroq qilib aytganda, mish-mish. Faqat u asoslangan, ijobiy fikr-mulohazalardan iborat boʻladi
Byudjet tashkilotlari uchun hisobotning yangi shakllari tasdiqlandi
Moliya vazirining 8.11.2016 yildagi buyrugʻi bilan (roʻyxat raqami 2837) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik yangi hisobot shakllari tasdiqlandi, ilgari amalda boʻlganlari esa oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi
Nimani qadrlashsa, shuni muhofazalashadi: tijorat siri rejimi
Tijorat sirini muhofaza qilish juda murakkab muammo boʻlib, mamlakatimizda yangilik boʻlgani bois amaliyotda u kam qoʻllanilgan. Ushbu materialda – tijorat siri rejimini oʻrnatish haqida
Tijorat sirini qanday himoya qilish mumkin?
Tijorat sirini oshkor boʻlishdan saqlash – murakkab vazifa. Buni qanday uddalash mumkin? Bu haqda – bizning materialimizda
Kadastr boshqarmasidan ma’lumotnomalar olish uchun yangi xizmat
Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi yangi interaktiv xizmatni taqdim etadi. U Yagona portal orqali Toshkent shahrida koʻp qavatli turar-joy (kvartira) va yakka tartibdagi turar-joy shakldagi koʻchmas mulk bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirish uchun zarur ma’lumotnomalarni olishga elektron ariza taqdim etish imkonini beradi
Tijorat siri va davlat organlari
Oʻzining tijorat sirini raqobatchilardan qanday muhofaza qilish mumkinligini barcha biznesmenlar biladi. Biroq hamma har doim ham buning uddasidan chiqa olmaydi. Tijorat sirini davlat organlaridan muhofaza qilish – yanada murakkab va mushkul masala. Va, bu boradagi qiyinchiliklarga nafaqat xorijda, boshqa oʻlkalarda, balki oʻzimizning yurtimizda mahalliy tadbirkorlar ham duch kelishmoqda
Biznes kechayu kunduz onlayn rejimida roʻyxatdan oʻtkaziladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.10.2016 yildagi PQ–2646-son Qarori bilan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tartibini tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi tasdiqlandi
NHH loyihalari: “yagona darcha” qanday xizmatlar koʻrsatadi?
Qonun hujjatlarini baholash tizimi portalida e’lon qilingan loyihada Faqat «yagona darcha» tamoyili boʻyicha yagona markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatiga tuzatishlar kiritish nazarda tutilgan (28.09.2015 yildagi PQ-2412-son Prezident Qaroriga 2-ilova)
NHH loyihalari: 2017 yil uchun statistika ishlari
Qonun hujjatlarini baholash tizimi portalida Vazirlar Mahkamasining “2017 yil uchun davlat statistika ishlari Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi
Har bir dorixonada qanday dorilar boʻlishi kerak?
Qonun hujjatlarini baholash tizimi portalida sogʻliqni saqlash vazirining “Dorixonalarda mavjud boʻlishi zarur boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi loyihasi e’lon qilindi
Sudyalar oʻzi kim?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2016 yildagi PF–4850-son Farmonida sudyalarning lavozimda boʻlishlarining yangi muddatlarini belgilash taklif etilgan. Endi uchinchi muddatga tayinlangan yoki tanlangan sudyalar oʻz lavozimini muddatsiz egallaydi. Mazkur tartib qayerda va qay tarzda qoʻllanilayotgani haqida yangi sharhimizda tanishishingiz mumkin
Korxonalar va pensiya jamgʻarmasi munosabatlari oʻzgardi
Moliya vazirligi va DSQning qarori bilan (roʻyxat raqami 2836, 2016 yil 3 noyabr) Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi yangi nizom tasdiqlandi
Sudlov himoyasi: amaliyot va nazariya
Yaqinda qabul qilingan NHHlar sudyalarning huquqiy vakolatlarini aniqlab beradi va ular oldiga davlat hokimiyatini amalga oshirish, adolatni qaror toptirishda fuqaro va tashkilotlarning huquq va qonuniy manfaatlarini hamda davlat va jamoat manfaatlarini himoya qilishdek maxsus maqomiga muvofiq talablarni qoʻyadi
Boshlovchilar uchun buxgalteriya hisobi kursi
2017 yil 7 fevral kuni boshlanadigan ushbu kurs buxgalteriya hisobining elementlaridan boshlab, amaliy misollarda balans tuzishgacha boʻlgan bilimlarni sodda tilda tushuntirib berishni nazarda tutadi
Biznesning qanday tashkiliy-huquqiy shaklini tanlagan ma’qul?
Ushbu materialda XK, MChJ va chet el kompaniyasi vakolatxonasi tashkiliy-huquqiy shakllarining oʻziga xosliklari toʻgʻrisidagi axborotni yuklab olishingiz mumkin
Binoni uy-joy fondidan noturar joyga oʻtkazish yanada osonlashdi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma” xizmati yangilandi
Oʻzbekistonda ma’muriy sudlar tashkil etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2016 yildagi PF–4850-son Farmoni bilan mamlakatimizda ma’muriy sudlarni tashkil etish va “Ma’muriy sudlov ishlarini yuritish toʻgʻrisida”gi Qonunni qabul qilish tashabbusi ilgari surilmoqda. Ushbu materialda bulardan koʻzlangan maqsad xususida soʻz boradi
Alvido, qamoq!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2016 yildagi Farmonida 01.04.2017 yildan boshlab qamoq jinoiy jazoning bir turi sifatida JKdan olib tashlanishi aytilgan. Bugungi sharhimizda endi mahkumlarga yengilroq boʻladimi yoki yoʻq, degan savolga javob izlaymiz
Paxta sanoati korxonalarini qayta tashkil etish nihoyasiga yetmoqda
Vazirlar Mahkamasining 28.10.2016 yildagi 374-son Qarorida “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasini tugatish jarayonlarini nihoyalash hamda uning tarkibiga kirgan “Paxtasanoat”ning hududiy aksiyadorlik birlashmalari faoliyatini toʻxtatish boʻyicha chora-tadbirlar nazarda tutilgan
«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJning tuzilmasi yangilandi
Vazirlar Mahkamasining 28.10.2016 yildagi 375-son Qarori bilan «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJning tashkiliy tuzilmasi va ijro apparati tuzilmasi tasdiqlandi
Kimyo sanoatida yangi organ tuzildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.10.2016 yildagi PQ–2640-son Qarori bilan “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati tuzildi va uning tashkiliy tuzilmasi, unga kirgan tashkilotlar roʻyxati hamda ijro apparati tuzilmasi tasdiqlandi
Diqqat! Aksiya!!!
«NORMA» gazetalari birlashgan tahririyati» MChJ obunachilari orasida yangi aksiya oʻtkazmoqda
2016 yilda amnistiya qanday qoʻllanadi?
Bizning ekspert amnistiyani qoʻllash tartibi yuzasidan batafsil tushuntirish beradi
Hokimiyat, biznes va aholining oʻzaro hamkorligi tizimi mustahkamlandi
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktyabrdagi 366-son “Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonun talablarini soʻzsiz bajarish yuzasidan javobgarligi toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi
Dori-darmonlar narxi nazoratga olinadi
31.10.2016 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi
Pensiyalardan chegirmalar qilish tartibi belgilandi
Moliya vazirining buyrugʻi bilan (roʻyxat raqami 2835, 2016 yil 26 oktyabr) Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirmalar qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi
Hayvonlar qanday kasallikka chalinganda egasidan olib qoʻyilishi mumkin?
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 25 oktyabrdagi 361-son “Davlat veterinariya xizmati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


