Avtotransportda meva-sabzavotlarni eksport qilish uchun yuk tashishga litsenziya boʻlishi kerak
Vazirlar Mahkamasining 1.04.2016 yildagi 100-son Qarori bilan Vazirlar Mahkamasining «Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2015 yil 28 avgustdagi 249-son qaroriga qoʻshimcha kiritildi
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” Qonun yangi tahrirda qabul qilindi
13.04.2016 yildagi OʻRQ-404-son Qonun bilan “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” Qonunga (30.08.1996 yildagi 279-son) oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi, uning yangi tahriri tasdiqlandi
Sport federatsiyalari va uyushmalari bir reyestrda boʻladi
Madaniyat va sport ishlari vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 8 aprelda 2776-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan ma’lumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Musiqa va san’at maktablarida oʻqiydigan bolalar uchun imtiyozlarga tuzatishlar kiritildi
Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va san’at maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Chegara orqali oʻtkazish punktlarining ishlash qoidalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 28.03.2016 yildagi 89-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Kesilgan daraxt uchun javobgarlikdan qocholmaysan
Soʻnggi yillarda mamlakatimiz aholisi koʻpincha daraxtlarga shikast yetkazish va ularni kesish ustidan shikoyat qilishayotir. Bunday murojaatlarni vakolatli ixtisoslashtirilgan organlarga berish juda muhim. Bizning materialimizda – oddiy poytaxtlikning ijobiy tajribasi xususida
Korxona maqomi oʻzgarganda YaIT qayta hisoblanishi lozim
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 9.03.2016 yildagi 13 va 2016-11-son qarori bilan “Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi
Hisoblagichni almashtirish: jadval boʻyichami yoki xohishga koʻra
«Oʻzbekenergo» AJ vakillari 1 aprel kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq elektr tarmoqlariga ulanish, hisobga olish priborlarini oʻrnatish tartibini tushuntirdilar, shuningdek elektrdan oqilona foydalanish zarurligi haqida soʻz yuritdilar
Qonunga xilof ravishda muomalada boʻlgan giyohvandlik vositalari roʻyxati kengaytirildi
Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qarori bilan Qonunga xilof ravishda muomalada boʻlgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning miqdorlari tasdiqlandi
Shahrisabz shahrining tarixiy qismini saqlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 25.03.2016 yildagi 87-son qarori bilan Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash departamenti tashkil etildi
Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy sudining yangi manzili
Vazirlar Mahkamasining 29.03.2016 yildagi 93-son qarori bilan sudlar va adliya organlari moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasiga imtiyozlar berildi
Prezidentning 28.03.2016 yildagi PF-4786-son Farmoni bilan Prezidentning “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 31.12.1998 yildagi PF-2165-son Farmoniga qoʻshimchalar kiritildi
Mehnat haqini tartibga solish – muhim va hayotiy masala
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi boʻlim mudiri Mahmudjon ISAYeVning tahlil va tavsiyalari
Avtomobilni xaridini oxirigacha rasmiylashtir
Yuridik shaxsdan avtotransport vositasini xarid qilib, xaridor barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirishni paysalga soldi, oqibatda sotuvchi koʻrgan zararlarni qoplaydigan boʻldi
Ishlovchi pensionerni pensiyaga chiqarish: qachon qonuniy, qachon esa gʻayriqonuniy
Ishdan boʻshatilgan pensionerni ishga tiklash toʻgʻrisidagi ishni sudda koʻrib chiqishda ish beruvchi jarayonda, mohiyati boʻyicha, rasmiy asosda yutib chiqishi mumkin
Hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmalari va boʻlimlarining vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 23.03.2016 yildagi 82-son Qarori bilan viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar tasdiqlandi
Yuridik xizmat
yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj (hakamlik) sudi raisi, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Foziljon OTAXONOVning maslahatlari
Qizilmiya yigʻuvchilar uchun qoidalar soddalashtirildi
Vazirlar Mahkamasining 23.03.2016 yildagi 85-son Qarori bilan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yalangʻoch qizilmiyani gʻamlash (toʻplash) oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olinmasdan amalga oshirilishiga ruxsat berildi
Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi vakolatlari kengaydi
Prezidentning 16.03.2016 yildagi PQ-2507-son Qarori bilan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisidagi taklif qabul qilindi. Endi u ta’sischilarning ixtiyoriy badallari hisobiga 10,3 mlrd soʻm va 2,0 mln AQSh dollarini tashkil qiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi ishi 2016 yil 31 mart – 1 aprel kunlari davom etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi ishi 2016 yil 31 mart – 1 aprel kunlari davom etadi
Yagona portalda NHH loyihalari: koʻchma savdo qoidalari
Davlat portalida Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻchma savdoga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Ertalab – tovar, kechqurun – toʻlovi
Basharti sotuvchi qarshi boʻlmasa, xaridor tovar uchun toʻlovni da’vo bildirish muddati tugagandan keyin ham amalga oshirishi mumkin. Va kameral nazorat chogʻida bu qoidabuzarlik deb tan olinishi mumkin emas
«Norma» professional rivojlanish markazida kadrlar boʻyicha ish yuritishga oʻqitishadi
Siz kadrlar boʻlimi xodimimisiz? Shoshiling! Siz 4 aprelda boshlanadigan kadrlar boʻyicha ish yuritish kursiga yozilishga hali ulgurasiz
NHH loyihalari: Majburiy sugʻurta qilish qoidalarini toʻldirish
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish Qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qarori loyihasi ishlab chiqildi
“Javob beramiz!” Ma’lumot xizmati: ta’lim uchun haq toʻlaymiz
“Javob beramiz!” Ma’lumot xizmatidan navbatdagi mavzuga doir toʻplam oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun haq toʻlashga bagʻishlanadi. Siz u orqali talabalarning oʻzlari hamda ularning oʻqishi uchun haq toʻlayotganlar qanday savollarga duch kelishayotganligini bilib olasiz
Toshkentning markaziy qismida avtomobil halqasi boʻladi
Bu haqda Oʻzbekistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari uchun uyushtirilgan matbuot anjumanida Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov xabar berdi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday qaror avtomobil transporti sonining muntazam oʻsishi, yoʻl tarmogʻining uzunligi hamda oʻtkazish qobiliyatining yetarli emasligi munosabati bilan qabul qilindi
Axborotni notoʻgʻri oshkor qilish qanday oqibatlarga sabab boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi tomonidan “Aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari tomonidan ular haqidagi axborotni oshkor qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda amalga oshirilgan (qabul qilingan) bitimlarni (qarorlarni) haqiqiy emas deb topishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 27.11.2015 yildagi 290-son qaror qabul qilindi
OXS qarorlari: boj muddatini kechiktirish va hisobvaraqlarni blokirovka qilish
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishtoʻgʻrisida”gi 25.02.2016 yildagi 292-son qarori bilan oliy sud instansiyasining qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalariga taalluqli amaldagi tushuntirishlar qatori oʻzgartirildi va toʻldirildi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


