Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
23.01.25

Ixtiyoriy ekologik markirovkalash joriy etilmoqda

Boshqa vazifalar qatori, "Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi" MChJ ekologik markirovka belgisidan toʻgʻri foydalanishni targʻib qilish va uning dunyodagi ta’sirini oshirish bilan shugʻullanadi.

22.01.25

Qator imtiyoz va afzalliklar bekor qilinmoqda

schora eksportni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarining Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirilishga qaratilgan

22.01.25

2025 yil uchun aholini ish bilan ta’minlash dasturi tasdiqlandi

U yangi yondashuvlar asosida aholini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish va kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha "Yoʻl xaritasi"ni oʻz ichiga oladi.

21.01.25

Qanday dori vositalari klinik tadqiqotlarsiz roʻyxatdan oʻtkaziladi

Roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi qaror Sogʻliqni saqlash vazirligining Ekspert kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

21.01.25

Insofsiz ijrochilar yagona reyestrga kiritiladi

Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

21.01.25

Paxtani birja orqali sotishning yangi mexanizmi joriy etilmoqda

Fyuchers shartnomalari qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan imtiyozli kredit ajratish uchun asos boʻladi.

17.01.25

Qanday toʻlovlar navbatdan tashqari amalga oshiriladi

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomga qoʻshimcha kiritilmoqda.

17.01.25

Qishloq transport vositalari xavfsizligining texnik reglamenti tasdiqlandi

Hujjat muomalaga chiqarilayotgan qishloq va oʻrmon xoʻjaligi transport vositalari va mashinalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablarni tartibga soladi.

16.01.25

Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari bozorida bitimlar qanday amalga oshiriladi

Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida qimmatli qogʻozlar bilan bitimlarni tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish elektron shaklda amalga oshiriladi.

16.01.25

Oʻquv muassasalari oshxonalari «E-auksion» orqali ijaraga beriladi

Ijara muddati – bir oʻquv yili va ushbu muddat keyingi yillarga uzaytirilishi mumkin.

15.01.25

Avtomobil yoʻllarini ta’mirlash qanday moliyalashtiriladi

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga har yili 1 martdan kechiktirmay xarajatlar smetasini tasdiqlash topshirildi.

15.01.25

"Kosmik faoliyat toʻgʻrisida"gi Qonun qabul qilindi

U barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, mamlakatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligini mustahkamlash, Yer, kosmik fazo va osmon jismlarini tadqiq qilish va boshqalarga yoʻnaltirilgan.

15.01.25

Yerlar toifasi qanday oʻzgartiriladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.

15.01.25

Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtirildi

Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yer uchastkasi boshqa shaxsga faqat toʻliq hajmda ijaraga berilishi mumkin.

14.01.25

Hududlarda kichik otellar qurilishiga subsidiyalar ajratiladi

Tuman (shahar)larda kichik otellarni qurish va jihozlashga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan bir martalik subsidiya ajratiladi.

14.01.25

Oʻgʻitlar xavfsizligiga doir talablar oʻzgardi

Organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligi toʻgʻrisida texnik reglament yangilandi. U 2025 yil 1 maydan kuchga kiradi.

14.01.25

Elektron mehnat shartnomalarini qanday roʻyxatdan oʻtkazish kerak

Endilikda, ish beruvchilar elektron mehnat shartnomalarini “YaMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtkazishlari kerak.

13.01.25

Bolalar bogʻchalarida autsorsing orqali sogʻlom ovqatlanish tashkil etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzurida Ta’lim sohasida ovqatlanishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etiladi. U autsorser tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena standartlariga muvofiqligini nazorat qiladi.

13.01.25

BYuDlarni toʻldirish qoidalari oʻzgarmoqda

Shuningdek yangilangan Bojxona postlari tasniflagichi tasdiqlanmoqda

13.01.25

Xavfli mahsulotlar va kimyoviy moddalar importi ustidan nazorat kuchaytiriladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan import-eksport qilinishi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikatlashtirish lozim boʻlgan xavfli mahsulotlar va chiqindilar Roʻyxati tasdiqlandi.

10.01.25 NHH loyihalari
10.01.25

2025 yil uchun Davlat dasturi qanday amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda

2025 yil uchun davlat dasturi toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni loyihasi "Taraqqiyot strategiyasi" markazi tomonidan ishlab chiqilgan va maxsus saytda jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan.

10.01.25

2025 yilda Norma tizimlari foydalanuvchilari uchun bonus dasturi

Koʻp yillik an’anaga koʻra, Norma kompaniyasi onlayn va oʻrnatiladigan dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilariga turli bonuslar taqdim etadi.

10.01.25

2025 yilda foydalanilgan yer usti va yer osti suvlarining nisbati ma’lum boʻldi

2025 yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash uchun yer usti va yer osti suvlarining yakuniy foiz nisbati ma’lum boʻldi.

09.01.25

Qishloq xoʻjaligi vazirligi yerlardan oqilona foydalanishni monitoring qiladi

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

09.01.25

Turistik klaster maqomini qanday olish mumkin

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan turistik klasterlar faoliyatini tashkil etish tartibini belgilovchi nizom tasdiqlandi.

09.01.25

Sayyor tekshiruv oʻtkazishda soliq organlarining huquqlari kengaytirildi

Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.