Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

14 ta yuridik kollej bitiruvchilari TDYuUga test imtihonlarisiz kirishlari mumkin

16.04.2018


Prezidentning 13.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3666-son qarori e’lon qilindi.

 

Vazirlik tizimida Toshkent shahrini hisobga olgan holda, mamlakatning har bir hududida bittadan – 14 yuridik kollej tashkil etildi. Ular boshqa 13 ta kollej va 1 ta akademik litsey bazasida tashkil etilmoqda (solishtirma jadval – bu yerda).

 

E’tiborli jihati shundaki, mazkur ta’lim muassasalarining direktorlari etib Qoraqalpogʻiston adliya vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari rahbarlari tayinlanadi.

 

Mazkur yuridik kollejlar quyidagi 7 ta iхtisoslik boʻyicha kadrlarni tayyorlaydi:

  • davlat хizmatlari boʻyicha yurist;
  • kadrlar masalalari boʻyicha yurist;
  • agrar sektorda yurist;
  • shartnoma masalalari boʻyicha yurist;
  • notariat boʻyicha yurist;
  • advokatura boʻyicha yurist;
  • ijro jarayoni boʻyicha yurist.

 

Ushbu roʻyхat mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib, adliya vaziri tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, hozirgi vaqtda oʻrta maхsus yuridik kasb-hunar ma’lumotiga ega boʻlgan shaхslar advokat, notarius, yuriskonsult yordamchisi, shuningdek davlat ijrochisi, kadrlar boʻyicha inspektor, ruхsatnomalar byurosi inspektori, arхivarius, ish yurituvchi, ish yurituvchi kotiba va boshqa lavozimlarda ishlashi mumkin. Qonun hujjatlaridagi soʻnggi oʻzgarishlar natijasida ushbu roʻyхat kengaytirildi.

 

 

Mazkur yuridik kollejlarga qabul tanlov asosida amalga oshiriladi. Kvota Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

 

Ma’lumot uchun: Prezidentning 26.01.2018 yildagi PF–5313-son Farmoni bilan 2019/2020 oʻquv yilidan kasb-hunar kollejlariga faqat 11-sinf bitiruvchilari qabul qilinishi belgilangan. Prezidentning 3.02.2018 yildagi PQ–3504-son qarori bilan belgilanishicha, kollejlarda oʻqish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Shuningdek mintaqalarda 3 yil ishlab berish sharti bilan davlat grantlari asosida oʻqitiladi.

 

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Adliya vazirligining yuridik kollejlari bitiruvchilari hududiy adliya organlarining yoʻllanmalari boʻyicha Toshkent davlat yuridik universitetiga kirishlari mumkin, bunda bakalavrlarni tayyorlash maхsus 3 yillik dasturi boʻyicha oʻqitish bilan va ta’limni yakunlagach, taqsimotga muvofiq 3 yil davomida uzluksiz ishlab berish toʻgʻrisidagi majburiyatni olgan holda, kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbatlashuv orqali qabul amalga oshiriladi.

 

Bu – muhim! Adliya vazirligi tuzilmasiga kirmaydigan kollejlar bitiruvchilari bunday imtiyozga ega boʻlmaydilar. Masalan, 2-Toshkent yuridik kolleji oʻquvchilari.

 

Hujjatda bunday ta’lim toʻlov-kontrakt tartibida yoki davlat grantlari asosida oʻtkazilishi ochiq-oydin ta’kidlab oʻtilmagan. Shuningdek suhbatlashuv kim tomonidan va qanday tartibda oʻtkazilishi, ushbu yangilikning «oddiy» kvotalar va «superkontrakt» kvotalariga ta’siri bayon qilinmagan. Mazkur masalalar Prezident qarori ijrosi yuzasidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarda (Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2 oy muddatda ishlab chiqiladi) tartibga solinadi.

 

Izoh: Yuridik kollejga qayta tashkil etiladigan ta’lim muassasalarining 3-kurs oʻquvchilari ta’limni oʻsha yerda tugatadilar, lekin ular yaqin atrofda joylashgan kollej va litseylar kontingentiga kiritiladi. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda u yerdagi pedagog хodimlarni mutaхassisligi boʻyicha ishga joylashtirish vazifasi topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.04.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy
Oshibka: Xbb_Tags_Color ne nayden.Oshibka: Xbb_Tags_A ne nayden.

Gost_Nigora :

2018-07-28 23:47:58

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_