Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2020 yilgi byudjet parametrlariga tuzatishlar kiritildi

25.12.2020

Rus tilida oʻqish

 

«2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi (23.12.2020 yildagi OʻRQ-655-son Qonunga qarang).

 

Davlat (Hukumat) nomidan yoki davlat kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish boʻyicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 4 mlrd AQSh dollaridan 5,5 mlrd AQSh dollarigacha oshirildi. Shundan Davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlash va loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2,5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilandi.

 

Shuningdek quyidagi parametrlarga tuzatishlar kiritildi:

a) davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining daromadlari prognozi hamda ularning хarajatlari:

  • daromadlar 1 247 492,1 mln soʻmga kamaytirildi;
  • хarajatlar 1 090 889,3 mln soʻmga oshirildi;

b) respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga (hukumatning markaziy davlat organlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, agentliklar va h.k.) ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari 3 049 055,7 mln soʻmgacha oshirildi.

 

Senatning 18 dekabrdagi majlisida ta’kidlanganidek, Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining хarajatlari 10 trln soʻmdan 13,4 trln soʻmgacha oshib ketganligi munosabati bilan tuzatishlar ishlab chiqilgan. Koronavirus pandemiyasining kutilganidan uzoqroq davom etayotganligi va qoʻshimcha хarajatlarni keltirib chiqarayotganligi bunday tuzatishlar kiritilishiga sabab boʻlmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.