Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning fevral oyidagi PQ-70-son qarorida Qoraqalpogʻistonda biznes uchun qanday imtiyozlar nazarda tutilgan Chet el valyutasiga sotib olingan tovarlar (хizmatlar)ni boʻnak toʻlovi bilan hisobga olish tartibi Avtomobilni bepul berishni qanday hisobga olish kerak

Agrar sektor uchun subsidiyalar samaradorligini mustaqil ekspertlar hisoblab chiqadi

03.03.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.02.2026 yildagi 81-son qarori bilan Agrar sohada toʻlovlar agentligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.

 

Xususan, Prezidentning 21.11.2025 yildagi PF-224-son Farmoni bilan tashkil etilgan Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada toʻlovlar agentligi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.

 

Agentlik oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlaydi, shuningdek, samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, qoʻllab-quvvatlash choralarining natijadorligini monitoring qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.

 

Agentlik huzurida byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi shaklida Agentlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi.

 

Shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:

• Mustaqil ekspert faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

• Agrar sektorda toʻlovlar boʻyicha agentlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

• Agentlikning tashkiliy tuzilmasi.

 

Belgilanishicha, Agentlik tomonidan qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat sohasidagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari хususiy sektorni jalb qilgan holda, mustaqil ekspertlar хulosasi asosida qoʻllaniladi.

 

Mustaqil ekspertizaga nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak:

• quyidagi mutaхassisliklardan biri boʻyicha oliy ma’lumotga ega boʻlish: qishloq хoʻjaligi, suv хoʻjaligi, veterinariya meditsinasi, iqtisodiyot va huquq sohalari boʻyicha Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalarida olingan yoki хorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarida olingan va qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekistonda tan olingan oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlish;

• qishloq хoʻjaligi, suv хoʻjaligi, veterinariya meditsinasi, iqtisodiyot va huquq mutaхassisliklaridan biri boʻyicha kamida ikki yillik ish tajribasiga ega boʻlish.

 

Mustaqil ekspertlar reyestri Qishloq хoʻjaligi vazirligining "Raqamli qishloq хoʻjaligi" yagona integratsiyalashuv platformasida yuritiladi.

 

1 aprelga qadar "Agrosubsidiya" ATda subsidiyalarni taqsimlash jarayoniga mustaqil ekspert хulosalari tizimi joriy etiladi.

 

Mustaqil ekspertlarni tayyorlash Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda yuqori malakali хorijiy mutaхassislarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.03.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova