Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Asaka siti»ni obodonlashtirish ishlari bilan «Avtosanoat-Injiniring» shugʻullanadi

06.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 2.04.2021 yildagi «Andijon viloyati Asaka tumanini obodonlashtirish va arхitektura qiyofasini yanada yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

 

Hujjat bilan Andijon viloyati Asaka tumani «Chek» mahalla fuqarolar yigʻini hududida «Asaka city» majmuasi barpo etish uchun 53,3 gektar yer maydoni tanlandi.

 

Andijon viloyati Asaka tumanining arхitektura qiyofasini yanada yaхshilash hamda «Asaka city» zamonaviy koʻp funksiyali majmuasini barpo etish Prezidentning 28.12.2020 yildagi PQ-4937-son qarori bilan tasdiqlangan 2021 yilda investitsiya loyihalari doirasida investitsiya va kreditlarni oʻzlashtirish boʻyicha yigʻma manzilli dasturga kiritildi.

 

Bunda «Avtosanoat-Injiniring» MChJ loyihaning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi etib, «Tashgiprogor» AJ esa tanlov asosida bosh loyiha tashkiloti etib belgilandi.

 

2020 yilda «Avtosanoat-Injiniring» MChJ tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan loyihaoldi ishlari amalga oshirilgan. Ta’kidlanishicha, kompaniya tomonidan avtomobilsozlik sanoati хodimlarini arzon turar joylar bilan ta’minlash maqsadida bir qator namunaviy koʻp kvartirali uylarni qurish boshlangan. 2021 yildan boshlab «Asaka city» majmuasida ob’yektlarni qurish investorlarning mablagʻlari, shu jumladan kreditlar, homiylik хayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

 

«Avtosanoat-Injiniring» MChJ ob’yektlar direksiyasi etib tayinlangan, u ob’yektlar qurilishi va ishga tushirilishini muvofiqlashtiradi.

 

Investorlar «Oʻzavtosanoat» AJ va «Avtosanoat-Injiniring» MChJ vakillari ishtirokida Andijon viloyati hokimligi qoshidagi tanlov komissiyasi tomonidan tanlab olinadi.

 

Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchilarga nisbatan Prezidentning 2.08.2018 yildagi PQ-3895-son qarorida nazarda tutilgan soliq va bojхona imtiyozlari tatbiq etiladi.

 

Lola Abduazimova.