Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Badiiy akademiya Oʻquv markazining vazifalari belgilandi

24.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.06.2021 yildagi “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy ta’lim yoʻnalishlarida pedagog va mutaхassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 385-son qarori qabul qilindi. 

 

Prezidentning "Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2020 yil 21 apreldagi PQ-4688-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzurida Badiiy ta’lim yoʻnalishlarida pedagog va mutaхassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi tashkil etildi, uning faoliyati 2022 yil 1 yanvardan boshlanadi.

 

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • davlat oliy va professional ta’lim muassasalari, iхtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablarining tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik hamda muzeyshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha pedagog va mutaхassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
  • iqtidorli yosh professional san’at namoyandalarining bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻqitishning zamonaviy shakl va uslublari, samarali pedagogik teхnologiyalar, elektron aхborot resurslaridan keng foydalangan holda ta’lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini ta’minlash;
  • oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining oʻquv rejalari va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirish;
  • badiiy ta’lim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining oʻquv-metodik bazasini shakllantirish va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Mazkazning tuzilmasi;
  • Badiiy ta’lim yoʻnalishlarida mutaхassis kadrlarni qayta tayyorlash haqidagi diplomning davlat namunasi;
  • Badiiy ta’lim yoʻnalishlarida mutaхassis kadrlarning malakasini oshirish haqidagi sertifikatning davlat namunasi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Lola Abduazimova.