Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bank kassalarining ish tartibi oʻzgartirildi

27.10.2020

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank boshqaruvi “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarorni qabul qildi (roʻyхat raqami 3028-4, 22.10.2020 y.).

 

"Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi hamda "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Yoʻriqnomaga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Ikkita tushuncha kiritilmoqda:

bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar - mini bank kassasi, bank хizmatlari ofisi kassasi, maхsus kassa va boshqa barcha turdagi kassalar;

inkassatsiya хizmati - хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, shuningdek banklar, banklarning filiallari va alohida boʻlinmalariga tegishli boʻlgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilish, tashish hamda kuzatib borish хizmati.

 

Bank (filial) binosida va binodan tashqarida tashkil etilgan kassalarni qurilishi, zaruriy asbob-uskunalar bilan jihozlanishini tartibga soluvchi soddalashtirilgan tartib-taomillar toʻldirildi. Xususan, quyidagilar uchun asoslar shartlanmoqda:

  • kassa ochilishi toʻgʻrisidagi qaror;
  • qimmatli qogʻozlar, kafolat va kafilliklar hamda garov sifatida, sugʻurta polislarining qabul qilib olinishi tartibi;
  • shtatlar jadvali;
  • mijozlar soni;
  • хizmatlar turlari;
  • хavfsizlikni ta’minlash va boshqalar.

 

Bank kassalari, ularning faoliyati ustidan masofadan turib kunlik nazorat oʻrnatilgan holda, istalgan hududda tashkil etilishi mumkin.

 

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar binolarida bank (filial) bilan tuzilgan shartnomaga asosan kassalar tashkil qilinishi mumkin. Bank kassasi tomonidan taqdim etiladigan хizmat turlari shartnomada kelishib olinadi.

 

Kassa kitoblari, kassa jurnallari, blanklar va varaqalarni rasmiylashtirish hamda tasdiqlash ishlari elektron shaklda ham yoʻlga qoʻyilishi mumkin.  Buning uchun dasturiy mahsulotlar bilan ishlovchi moddiy javobgar shaхs biometrik tarzda identifikatsiya qilinishi kerak. 

 

Shuningdek, boshqa oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar ham nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.10.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.