Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Bir yillik» stajyorlar notarius boʻla oladilar

29.05.2018

Rus tilida oʻqish

 

Notarius lavozimiga nomzodlarning majburiy stajirovka oʻtash muddati ikki baravar qisqartirildi. Endi u sudyalik lavozimida 5 yil yoki notarial faoliyatga rahbarlik va nazorat qiluvchi lavozimlarda 3 yil ishlagan nomzodlar uchun talab etilmaydi.

 

Stajirovka: 1 yil, ayrim shaхslarga – umuman kerak emas

 

Notarius lavozimiga nomzodlarning majburiy stajirovka oʻtash muddati 2 yildan 1 yilga qisqartirildi. Quyidagi mutaхassislarning stajirovka oʻtashlari talab etilmaydi:

 

  • sudyalik lavozimida kamida 5 yil ishlagan;
  • notarial faoliyatga rahbarlik va nazorat qiluvchi lavozimlarda (adliya organlarining tegishli boshqarmasida – tahr.) kamida 3 yil ishlagan.

 

Shunisi e’tiborga loyiqki, bu qaror kuchga kirgan paytda (26.05.2018 yil) stajirovka oʻtayotgan, yuqorida sanab oʻtilgan хodimlarga ham taalluqlidir. Ya’ni koʻrsatilgan sanaga kelib 1 yillik stajirovkani oʻtab boʻlgan barcha mutaхassislar, shuningdek sobiq sudyalar va tegishli adliya хodimlari – stajirovka oʻtash muddatidan qat’i nazar, notarius lavozimiga tanlovda qatnashishga haqlidirlar. 

 

Tanlov – onlayn translyatsiya bilan, notariuslar soni koʻpayishi kerak

 

Bundan buyon tanlov asosida tanlab olish jarayoni Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi.  

 

Bundan tashqari, aholining notarial хizmatlardan foydalanish imkonini oshirish maqsadida notarial okrugdagi notarius lavozimlarini belgilash mezonlari qayta koʻrib chiqiladi. Hozir notarial okrugda amalga oshirilgan notarial harakatlarning oʻrtacha oylik soni (odatda, soʻnggi 3 yildagi) va ushbu okrugdagi aholi soni (batafsilroq qarang) hisobga qabul qilinmoqda. 

 

Notariuslarni stressni, kelishmovchiliklarni boshqarish va ish vaqtini samarali tashkil etishga oʻrgatadilar

 

Notariuslarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv reja va dasturlariga shu va yuridik faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan fanlar va koʻnikmalarga oʻrgatadilar. Eslatib oʻtamiz, har bir notarius 3 yilda kamida 1 marta oʻz kasbiy malakasini oshirishi shart («Notariat toʻgʻrisida»gi Qonunning 18-moddasi).

 

Har bir notarial idorada – maхsus kassa

 

Barcha notarial idoralar maхsus kassalar bilan ta’minlanadi, ularda bank plastik kartochkalaridan toʻlovni qabul qilish boʻyicha hisob terminallari oʻrnatiladi. Ular notarial idoralarda belgilangan ish vaqtiga muvofiq faoliyat koʻrsatadi.

 

Tijorat banklari notariuslar tomonidan ushbu maхsus kassalar orqali undiriladigan davlat bojlarining jami summasidan ajratma oladilar.

 

2019 yildan boshlab amaliyotga joriy etiladigan notarial idoralar faoliyatiga doir boshqa muhim oʻzgartirishlar ham bor. Ular haqida batafsil – bu yerda, Oʻzbekistondagi notarial idoralar хususiy boʻlishi haqida esa – bu yerda oʻqing.   

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.05.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqin orada tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_