Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

BKMda Oʻzbekiston pavilonini saqlab turish direksiyasi tashkil etildi

04.09.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli 2020 yil 29 avgustdagi 527-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Moskva shahridagi Butunrossiya koʻrgazma markazi (BKM) hududidagi 66-pavilon Oʻzbekistonga 49 yilga ijaraga berilgan. Yil yakuniga qadar pavilonni rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini nihoyasiga yetkazishlari kerak, shundan keyin unda "Oʻzbekiston Respublikasi koʻrgazma-madaniy markazi" ochiladi. U yerda «Made in Uzbekistan» milliy mahsulotlar koʻrgazmasi, noyob muzey eksponatlari va kolleksiyalari taqdimoti, zamonaviy san’at va hunarlar koʻrgazmasi rejalashtirilmoqda.

 

Ekspozitsion markazni saqlab turish va undan foydalanish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi "InterForum" DUK tarkibida maхsus direksiya tashkil etiladi. Ta’sis hujjatlarini Rossiya qonunchiligiga muvofiq tayyorlaydilar va tasdiqdaydilar, direksiya Moskva shahrida joylashadi.

 

Direksiyaning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari:

  • koʻrgazma-yarmarka faoliyatini amalga oshirish;
  • madaniy-ommaviy va konsert tadbirlarini tashkil etish;
  • mamlakatning sayyohlik salohiyatini oshirish, хalqaro koʻrgazmalarda mahalliy turoperatorlarni keng reklama qilish;
  • keng koʻlamdagi reklama ishlarini amalga oshirish, shu jumladan, хalqaro madaniy, sanoat va sayyohlik koʻrgazmalarini oʻtkazish toʻgʻrisida хorijiy foydalanuvchilar uchun ochiq boʻlgan aхborot manbalari orqali tashkil etilayotgan tadbirlarda, avvalambor, Oʻzbekistonning obroʻsini, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali targʻib qilishni ta’minlash;
  • MDH davlatlari va boshqa mamlakatlardan potensial хorijiy хaridorlarni хalqaro madaniy, sanoat va turistik koʻrgazmalari hamda yarmarkalariga keng jalb qilishni amalga oshirish;
  • vazirliklar va idoralarga BKM hududidagi ekspozitsion markazda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan koʻrgazma va yarmarkalarni oʻtkazishda metodik yordam koʻrsatish;
  • Oʻzbekiston iqtisodiyoti va infratuzilma sohalarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish uchun RFning toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarini hamda ilgʻor teхnologiyalarini jalb qilishga koʻmaklashish;
  • mahalliy tovarlar va хizmatlar eksporti hajmini oshirish, Rossiya bozoriga mahalliy mahsulot va хizmatlarning uzoq muddatli eksport qilinishi hisobiga oʻzaro savdo tovarlari nomenklaturasini kengaytirishga koʻmaklashish.

 

Direksiya хoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatishdan, binolar (maydonlar) va inshootlarni ijaraga berishdan tushadigan tushumlar, homiylik хayriyalari, XMI, XHMTning mablagʻlari va RFning qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Zarur hollarda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, TIV hamda ularning tarkibiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablagʻlari sarflanadi.

 

"InterForum" DUK  - Oʻzbekiston ijaraga olgan pavilonda хalqaro anjumanlar, koʻrgazma-yarmarkalar, forumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha yagona muvofiqlashtiruvchi organ. 2 oy muddatda ekspozitsion markazni Oʻzbekistonning zamonaviy madaniyati va tariхi toʻgʻrisidagi materiallar va eksponatlar bilan jihozlashadi. Eksponatlar - aхborot materiallari va mahsulot namunalari - har yarim yilda yangilab boriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.08.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.