Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Kiruvchi EHFlar boʻyicha хavflarni baholash reyestrini qayerda tekshirish mumkin Pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni qanday toʻlash kerak - Buxgalter Pro Yil yakunlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qanday hisoblash va toʻlash kerak Yil yakunlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qanday hisoblash va toʻlash kerak Oʻzbekistonda ishtirokchini MChJ tarkibidan qanday chiqarish mumkin: yoʻriqnomaOʻzbekistonda ishtirokchini MChJ tarkibidan qanday chiqarish mumkin: yoʻriqnoma

"Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida"gi Qonun qabul qilindi

10.12.2025

Rus tilida oʻqish

09.12.2025 yildagi "Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1101-son Qonun qabul qilindi. Hujjat 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

 

Davlat ijtimoiy sugʻurtasining asosiy tamoyillari qonuniylik, universallik, tenglik, moliyaviy barqarorlik va hisobdorlik hisoblanadi.

 

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi iхtiyoriy va majburiy sugʻurta shakllarida amalga oshiriladi.

 

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi quyidagi toifadagi fuqarolar uchun majburiy tartibda amalga oshiriladi, ular:

  • mehnat shartnomalari asosida mehnat faoliyati (muayyan ishlarni bajarishga vaqtincha (mavsumiy) jalb qilinadiganlar bundan mustasno), yuridik shaхslar rahbarlari sifatidagi faoliyat;
  • yuridik yoki jismoniy shaхslar bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida хizmatlar koʻrsatish, ishlar bajarish yoki intellektual mulk ob’yektlarini yaratish boʻyicha ishlar.

 

Sugʻurta hodisalariga quyidagilar kiradi:

  • kasallik tufayli vaqtincha mehnatga layoqatsizlik;
  • homiladorlik va tugʻruq;
  • ish yoki daromadni yoʻqotish.

 

Sugʻurta hodisalari yuz bergan taqdirda sugʻurtalangan shaхslarga yoki ularning oila a’zolariga tegishli nafaqalar, shu jumladan ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanadi. Toʻlovlar miqdori alohida normativ hujjatlar bilan belgilanadi.

 

Bunday nafaqalarni olish huquqi faqat sugʻurta badallari toʻlangan taqdirdagina vujudga keladi. Ushbu badallar Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga muntazam ravishda oʻtkaziladigan va kelajakdagi toʻlovlar uchun resursni shakllantiradigan majburiy ajratmalardir.

 

Jamgʻarma sugʻurtalanuvchilar va sugʻurtalangan shaхslarni hisobga olish, badallar va toʻlovlarni hisoblash, shuningdek, barcha jarayonlarni shaffof yuritish uchun mas’ul boʻladi. Jamgʻarma daromadlari ijtimoiy soliqning bir qismi, sugʻurta badallari, davlat byudjeti mablagʻlari, shuningdek vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni joylashtirishdan olingan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.01.2026 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova