Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytiriladi

11.09.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2021 yil 6 iyuldagi PQ-5177-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3319, 08.09.2021 y.).

 

Namunaviy nizom korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining maqsadi, vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

 

Namunaviy nizom davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korхonalari va muassasalari, davlat ulushi 50%dan yuqori tashkilotlarga tatbiq  etiladi.

 

Nazorat tuzilmalari oʻz tashkilotlarida korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini koʻrishga mas’ul hisoblanadi.

 

Nazorat tuzilmalari oʻz faoliyatida bevosita davlat organining birinchi rahbariga boʻysunadi. Ular davlat organlari va tashkilottlari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi  bilan birgalikda oʻtkaziladigan ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi, lavozimidan ozod etish masalasi Agentlik bilan kelishiladi.

 

Quyidagilar korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini takomillashtirish;
  • tashkilotda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
  • tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash va monitoring qilish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.