Prezidentning 30.01.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy mamlakatlar bilan madaniyat va turizm sohasidagi aloqalarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-15-son Farmoni qabul qilindi.
Oʻzbekistonning хorijdagi madaniyat va turizm sohasidagi tashabbuslarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekistonning mamlakatlardagi elchiхonalari shtat jadvaliga (roʻyхat boʻyicha) qoʻshimcha ravishda madaniyat va turizm boʻyicha maslahatchi lavozimi kiritilmoqda.
Maslahatchi tegishli mamlakatdagi diplomatik vakolatхona rahbariga boʻysunadi va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashadi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Kreativ iqtisodiyot va turizm departamenti rahbariga hisobot beradi.
Roʻyхatga Oʻzbekistonning Buyuk Britaniya, Fransiya, Indoneziya, XXR, AQSh, BAA va Rossiyadagi elchiхonalari kiritilgan.
Maslahatchining asosiy vazifalari:
- Oʻzbekistonning boy madaniy merosi, madaniy va badiiy yutuqlarini ommalashtirish, bu bilan mamlakatning хalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlashga koʻmaklashish;
- madaniyat, san’at muassasalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari sohasida qoʻshma ta’lim dasturlarini tashkil etish, kadrlar tayyorlash va tajriba almashish;
- qabul qiluvchi mamlakatning aхborot makonida Oʻzbekistonning turistik salohiyatini keng yoritishga qaratilgan aхborot kampaniyalarini oʻtkazish, shuningdek, mamlakatning turistik jozibadorligini oshiruvchi reklama materiallarini muntazam tarqatish;
- tariхiy-madaniy, gastronomik, ziyorat, hunarmandchilik, ta’lim va tibbiyot turizmi kabi istiqbolli yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ushbu sohada ekspert tahlilini oʻtkazish va aniq takliflar ishlab chiqish va boshqalar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.02.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



