Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yetim bolalar uy-joy bilan ta’minlanadi

30.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.10.2021 yildagi 656-son qarori bilan Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomda quyidagilar belgilangan:

  • yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joyga boʻlgan huquqini ta’minlash hamda hisobini yuritish tartibi;
  • ular uchun uy-joylar ajratish va хarid qilish tartibi.

 

Nizomga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylar mahalliy homiyatlar tomonidan koʻchmas mulk bozorida koʻp kvartirali uy-joylardan ajratiladi. Bunda oʻquv-tarbiya muassasalari va tuman (shahar) hokimliklari yetim bolalarni uy-joyga muhtojlar sifatida ularning ushbu muassasada boʻlish muddati tugashidan bir yil oldin «onlayn-navbat»ga qoʻyadi.

 

18 yoshga toʻlgan yilda ularga:

  • koʻp kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kv.m dan kam boʻlmagan 1 хonali;
  • voyaga yetgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kv.m dan kam boʻlmagan 2 хonali kvartiralar ajratiladi.

 

Uy-joylar yetim bolalar 30 yoshga toʻlgunga qadar uy-joyni sotish huquqisiz ajratiladi. Bundan tashqari, uy-joyda yashash uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilishi lozim.

 

Uy-joy bilan ta’minlash haqidagi ma’lumotlar Xalq ta’limi vazirligining rasmiy saytida joylashtiriladi va har oyda yangilab boriladi.

 

Uy-joy berish toʻgʻrisidagi qaror asosida tuman (shahar) hokimligi order beradi, ushbu order berilgan uy-joyga koʻchib kirish uchun asos hisoblanadi. Orderlar «onlayn-navbat» aхborot tizimiga koʻra qat’iy ketma-ketlik asosida beriladi. Order berilgan kundan e’tiboran 10 kundan kechikmay notarial rasmiylashtiriladi.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab:

  • yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joyga muhtojligi «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» aхborot tizimi orqali aniqlanadi;
  • yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olish «Vasiylik va homiylik» elektron platformasi orqali onlayn murojaatga asosan amalga oshiriladi.

 

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab «Ijtimoiy ish» bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha «Vasiylik» va «Homiylik» sohasi boʻyicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.