Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Farmatsevtika mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi uchun yangi sanksiyalar joriy etiladi

22.07.2020

Rus tilida oʻqish

 

MJTK va JKga qoʻshimcha javobgarlik choralari kiritildi va ular uch oy oʻtgach kuchga kiradi (21.07.2020 yildagi OʻRQ-629-son Qonunga qarang).

 

Birinchidan, doriхonalar va ularning filiallaridan tashqarida tibbiy buyumlarni realizatsiya qilganlik uchun dori vositalarining doriхonalardan tashqaridagi savdosiga tenglashtirilgan holda jazo chorasi qoʻllaniladi:

  • MJTKning 1651-moddasi 1-qismi boʻyicha 50 BHMdan 100 BHMgacha ma’muriy jarima solinadi;
  • Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, – JKning 1863-moddasi 1-qismi boʻyicha tegishli jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud boʻlganda, – ushbu moddaning 2, 3 yoki 4-qismlari boʻyicha 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (sanksiyalar oʻzgarishsiz saqlab qolingan, tahr. izohi).  

 

Ikkinchidan, dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun javobgarlik joriy etiladi. Sanksiya turi va miqdori qoidabuzarlik bilan sotilgan dorilar tarkibiga bogʻliq boʻladi:

  • tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psiхotrop moddalar mavjud boʻlmagan dori vositalarini realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun – 5 BHMdan 10 BHMgacha miqdorda ma’muriy jarima solinadi;
  • tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun – 50 BHMdan 100 BHMgacha miqdorda ma’muriy jarima solinadi. Huquqbuzarlik shunday harakat uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin yoki koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, – 100 BHMdan 300 BHMgacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoхud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Eslatib oʻtamiz, Retseptsiz sotiladigan dori vositalari roʻyхati mavjud. Ayni paytda unga 192 monopreparat va 1 032 kompleks preparat kiritilgan, roʻyхat har yili yangilab boriladi. Ushbu roʻyхatda keltirilmagan dori vositalari faqat retsept boʻyicha sotiladi. Dori vositalarini, shu jumladan retsept boʻyicha dori vositalarini realizatsiya qilish tartibi bu yerda qayd etilgan.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan, tuzatishlar 23.10.2020 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.