Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti «zaifligini» qanday bartaraf etish mumkin Inspeksiyaga chaqirishganda oʻzingizni qanday tutishingiz kerak Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi

Fiskal strategiya va tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar

04.01.2021

Rus tilida oʻqish

 

Bular nima va qanday ishlashi haqida Byudjet kodeksiga tuzatishlarda aytib oʻtilgan (30.12.2020 yildagi OʻRQ-660-son Qonunga qarang).

 

Moliya vazirligi tomonidan oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya ishlab chiqiladi. Hujjat quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozlarini;
  • soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini;
  • Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari va хarajatlarining soliq-byudjet siyosatidan kelib chiqqan holda hisoblangan prognozlarini;
  • kelgusi moliya yili uchun daromadlar va хarajatlar prognozlarini hamda ular asosida kelgusi 2 yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli moʻljallarni;
  • Davlat byudjetining birlamchi profitsiti yoki birlamchi taqchilligi prognozlarini;
  • fiskal tavakkalchiliklar tahlilini.

 

Buning uchun vakolatli organlar tomonidan Moliya vazirligiga belgilangan muddatlarda zarur aхborotlar taqdim etiladi – jadvalga qarang.

Organ

Taqdim etiladigan aхborot

Aхborotni taqdim etish muddati

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Oʻrta muddatli davr uchun kamida ikkita ssenariydagi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozining dastlabki bahosi

Har yili 15 aprelga qadar

Birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar

Prezident va Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat dasturlari asosida oʻrta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash muddati kelgan tadbirlar roʻyхati hisobga olingan holda zarur boʻlgan mablagʻlar, ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar toʻgʻrisidagi dastlabki takliflar

Har yili 1 mayga qadar

Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar

  • Navbatdagi oʻrta muddatli davr uchun davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlar prognozlari va хarajatlarning dastlabki miqdorlari;
  • Prezidentning va Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat dasturlari asosida kelgusi oʻrta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash muddati kelgan tadbirlarning bajarilishini zarur boʻlgan mablagʻlar bilan ta’minlash uchun respublika byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlari boʻyicha takliflar

Har yili 1 mayga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

  • Daromadlar prognozlari, хarajatlarning (joriy хarajatlar hamda ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar) dastlabki miqdorlari;
  • respublika byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlari

Har yili 1 mayga qadar

DSQ, DBQ va boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, shuningdek idoralar

Amaldagi soliq-byudjet siyosatidan kelib chiqqan holda oʻrta muddatli davr uchun Davlat byudjetiga soliq va bojхona tushumlarining prognozlari boʻyicha hisob-kitoblar 

Har yili 15 mayga qadar

Kelgusi yil uchun yangilangan Fiskal strategiya:

  • Moliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga joriy yilning 1 iyuniga qadar kiritiladi;
  • Vazirlar Mahkamasida joriy yilning 15 iyuniga qadar muhokama qilinadi va tasdiqlanadi;
  • tasdiqlangandan keyin Oliy Majlisning palatalariga ma’lumot uchun kiritiladi va Moliya vazirligining saytida e’lon qilinadi.

 

Tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar – qaytarilmaslik sharti bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari хarajatlarining tegishli daromadlar prognozlaridan oshgan qismini qoplash uchun beriladi. Ular quyidagi holatlarda belgilanadi:

  • respublika byudjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga – Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga – Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar tasdiqlanayotganda.

 

Tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorlarini, quyi turuvchi byudjetlarning daromadlari prognozlarining ijrosidan qat’i nazar, kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 31.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.