14.08.2026 yildagi OʻRQ-1165-son Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolar va tadbirkorlar uchun iqtisodiy va ma’muriy sudlarga murojaat qilishda yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda odil sudlovdan foydalanish darajasini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qonun iqtisodiy va ma’muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar va tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga, shuningdek fuqarolar va tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ushbu sudlarning rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan yangi huquqiy institutlarni joriy etish doirasida qabul qilindi.
Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi va «Sudlar toʻgʻrisida»gi Qonunga iqtisodiy sudlarni ma’muriy boshqaruv tizimini soddalashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartishlar kiritilmoqda.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga ma’muriy sud tomonidan nizolarni hal etish jarayonida ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibini belgilovchi norma koʻrinishida qoʻshimcha kiritildi.
Bundan tashqari, mamlakat hududidan tashqarida yurisdiksiyani joriy etish maqsadida Ma’muriy-protsessual huquq kodeksi va Iqtisodiy protsessual kodeksga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shu bilan birga, davlat organi mansabdor shaхsining yoki uning vakilining ma’muriy sud majlisida majburiy ishtirok etishi tartib-taomilini, ishonchni huquqiy himoya qilish va dastlabki eshituvni ta’sis etish prinsipini joriy etish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Qonunda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilishi munosabati bilan qarzdorga qoʻyilgan boshqa talablar koʻrib chiqilmagan, shuningdek dastlabki eshituv natijalariga koʻra ariza koʻrib chiqilmasdan rad etilgan hollarda toʻlangan davlat bojini qaytarish nazarda tutilgan.
Mazkur Qonun fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan sudlarga murojaat qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga, sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga, shuningdek davlat organlari va mansabdor shaхslar faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatishga хizmat qiladi.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.08.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




