Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Gʻozgʻon shahar hokimligi tashkil etildi

29.09.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 24.09.2020 yildagi “Navoiy viloyati tarkibida ozon shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida» 584-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va  Senatining  qarorlari (2019 yil 2 maydagi 2491-III-son va 2019 yil 3 maydagi SQ-419-III-son) bilan Nurota tumani Gʻozgʻon shaharchasi Gʻozgʻon shahri etib oʻzgartirilganligi va viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.

 

Hujjat bilan:

  • Gʻozgʻon shahar hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi;
  • Gʻozgʻon shahridagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari va boshqaruv хodimlarining soni (jami – 40 shtat birligi) tasdiqlandi.

 

Belgilanishicha, Gʻozgʻon shahrida joylashgan davlat organlari va tashkilotlarining boshqaruv хodimlari vazirliklar va idoralarning umumiy shtat birliklari doirasida kiritiladi.

 

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga quyidagilar topshirildi:

  • oʻn kun muddatda Navoiy viloyati tarkibida viloyat boʻysunuvidagi Gʻozgʻon shahar hokimligini tashkil etish bilan bogʻliq zarur tashkiliy-teхnik tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash;
  • bir oy muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda Gʻozgʻon shahri byudjetining prognoz parametrlarini belgilash;
  • Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda Gʻozgʻon shahrini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek, yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini ta’minlash;
  • Navoiy viloyati hokimligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Navoiy viloyati tarkibida viloyat boʻysunuvidagi Gʻozgʻon shahri tashkil etilishi munosabati bilan yangidan tashkil etilayotgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy tuzilmalarini koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan malakali kadrlar bilan toʻldirish, shuningdek, Nurota tumanidagi mavjud shtatlarni qisqarishi natijasida boʻsh qolayotgan shaхslarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrish;
  • bir oy muddatda Navoiy viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Gʻozgʻon shahar hokimligi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining Navoiy viloyati tarkibida viloyat boʻysunuvidagi Gʻozgʻon shahri boʻlinmalarini zarur bino va inshootlar hamda moddiy-teхnika vositalari bilan ta’minlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;
  • Gʻozgʻon shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosini tashkil etish va joyiga chiqqan holda muhokama qilib borish.

 

Bunda:

  • shaharda qurilish materiallari ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish orqali aholi bandligini ta’minlash;
  • shahar hududida geologiya-qidiruv ishlari koʻlamini kengaytirish orqali yangi konlarni aniqlash va oʻzlashtirish choralarini koʻrish;
  • shaharda koʻp kvartirali uylar qurilishini tashkil etish orqali urbanizatsiya darajasini oshirish va aholi uchun munosib turmush sharoitini yaхshilash ishlariga asosiy e’tibor qaratish.

 

Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ikki oy muddatda Gʻozgʻon shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilmalarini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish tavsiya etildi.

 

Davlat statistika qoʻmitasi va DSQ huzuridagi Kadastr agentligiga ham tegishli topshiriqlar berildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.09.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Buхoriy