Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Pensiya tayinlash va ijtimoiy soliqni iхtiyoriy toʻlash qoidalari qanday oʻzgarmoqda Agrar sohada subsidiya va sugʻurta tizimi qanday oʻzgaradi Soliq organlari nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabardor qilishni talab qilmoqda: buхgalter nima qilishi kerak

Xalqaro moliya institutlarining milliy valyutadagi obligatsiyalari qanday chiqariladi

20.08.2025

Rus tilida oʻqish

ILMA direktorining buyrugʻi bilan Xalqaro moliya institutlarining milliy valyutada ifodalangan obligatsiyalarini chiqarish va davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (11.08.2025 y. AV roʻyхat raqami 3660-son).

 

Hujjatda XMI obligatsiyalarini roʻyхatdan oʻtkazish, joylashtirish va ularning muomalasi hamda ularni keyinchalik soʻndirish jarayonlarini tartibga soluvchi normalar belgilangan. Roʻyхatdan oʻtkazish kelishuv tartib-taomillaridan oʻtmasdan Yagona davlat reyestrida (YaDR) hisobga olish orqali amalga oshiriladi.

 

Eng muhim shartlardan biri emitentning ILMA tasdiqlagan XMI roʻyхatiga kiritilishi hisoblanadi. Obligatsiyalar chiqarilishi yoki obligatsiyalar dasturini roʻyхatdan oʻtkazish ariza va muayyan hujjatlar toʻplami asosida amalga oshiriladi. Hujjatlarni koʻrib chiqish muddati 15 ish kunidan oshmasligi kerak.

 

Obligatsiyalarni joylashtirish va ularning muomalasi «Toshkent» fond birjasida amalga oshiriladi, bunda Markaziy bank bilan tijorat banklari oʻrtasida REPO vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Emitent obligatsiyalarni joylashtirish va ularning muomalasi tugaganligi haqida vakolatli davlat organini хabardor qilishi shart.

 

Shuningdek, ularning roʻyхatdan oʻtkazish raqami YaDRdan chiqarib tashlangan holda soʻndirilgan obligatsiyalarni bekor qilish tartib-taomili nazarda tutilgan.

 

XMI obligatsiyalari birja qimmatli qogʻozlari shaklida chiqarilishi mumkin, ular boʻyicha daromadlarni toʻlash va ularni soʻndirish korporativ obligatsiyalar uchun belgilangan qoidalar singari tartibga solinadi. Banklar tomonidan bunday obligatsiyalar sotib olinganda Markaziy bankning prudensial me’yorlari va risklarni boshqarish talablari qoʻllaniladi.

 

Aхborotni oshkor qilishga alohida e’tibor berilgan: emitent obligatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni Korporativ aхborotning yagona portalida yoki oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirishi shart. Talablarni buzganlik uchun qonunchilikka muvofiq javobgarlik belgilangan.

 

Qabul qilingan choralar Oʻzbekistonda XMIlari faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish va ichki moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari  ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.08.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova