Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xizmatni oʻtagan abituriyentlarga toʻplagan ballarining yarmi qoʻshiladi

11.04.2017

 

Prezidentning 4.04.2017 yildagi PQ–2867-son Qarori bilan muddatli harbiy хizmatni oʻtagan oliy ta’lim muassasalari abituriyentlari uchun imtiyoz miqdoriga tuzatish kiritildi.   

 

Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan, harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan fuqarolarga barcha yoʻnalishlar va mutaхassisliklar boʻyicha bakalavrlar tayyorlashda barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar beriladi.

 

Bu 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab test sinovlari natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha ballga ega boʻlish shaklidagi imtiyozdir (ilgari – toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballarning 27 foizi).

 

Shu tariqa, test sinovining barcha savollariga toʻgʻri javob bergan imtiyozga ega boʻlgan abituriyent ilgari 288 ball toʻplar edi, endi 340,2 ball olish imkoniyatiga ega.  

 

Quyidagi hujjatlarga tegishli tuzatishlar kiritildi:

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV, 

 ekspertimiz.