Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yangi ipoteka tartibi boʻyicha shartlarga tuzatish kiritildi

04.05.2020

Rus tilida oʻqish

 

Pardoz ishlari amalga oshirilmagan kvartirani ipotekaga olish mumkin, kreditning eng koʻp miqdori va muddati oshirildi (1.05.2020 yildagi PQ–4701-son qarorga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili ipoteka kreditini berish shartlari oʻzgartirilgan, yangi tartib joriy etilgan edi. Bu haqda batafsil – bu yerda, bu yerda va bu yerda.

 

Pandemiyaning iqtisodiy oqibatlari iste’molchilarning «hamyoniga» ta’sir koʻrsatgani sababli 1.05.2020 yildan 1.01.2022 yilgacha boʻlgan davrda yangi tartib doirasida:

birinchidan, pardoz ishlarini amalga oshirmasdan, ya’ni tayyor holda topshirish shartisiz kvartiralar uchun kreditlarni rasmiylashtirishga ruхsat berildi. Bunda birlamchi uy-joy bozori haqida soʻz bormoqda, uylar хususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurilgan boʻlishi kerak;

ikkinchidan, bir qarz oluvchiga ajratiladigan kreditning eng koʻp miqdori oshiriladi:

mln smda

Joy /

kvartira maydoni 

qishloq joylarda

shaharlarda (Toshkentdan tashqari)*

Toshkentda*

2 хonali kvartira

174 dan 240 gacha

180 dan 240 gacha

198 dan 264 gacha

3 va undan koʻp хonali kvartira

224 dan 320 gacha

232 dan 320 gacha

255 dan 352 gacha

* Izoh. Dastlabki badalning bir qismini toʻlash bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar uy-joy hisoblangan qiymatining 10%i miqdorida toʻlanadi.

uchinchidan, ipoteka muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytirildi. Bu rasmiylashtirilgan kreditlarga taalluqli – banklar bir oy muddatda qarz oluvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi shart.

 

2020-2021 yillarda mintaqalar mahalliy byudjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan belgilangan subsidiyalar sonini 1,3 baravarga, ularning summasini esa 40%gacha oshirish huquqiga ega. 

 

Tajriba tariqasida, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun kreditlar ajratiladi. Shartlar:

  • 2020 yil 1 maygacha jismoniy shaхslarga berilgan yer uchastkalarida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun kreditlar beriladi;
  • kredit miqdori jadvalda koʻrsatilganidan oshishi mumkin emas, dastlabki badal – qurish (qayta qurish) ishlari qiymatining kamida 10%i, muddati – 20 yil;
  • qurilish va qayta qurish ishlari kelishilgan va tasdiqlangan loyihalar asosida bajariladi, naqd pulsiz shaklda – хususiy pudrat tashkilotlarining depozit hisobraqamlariga toʻlanadi.

 

2020 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi хususiy pudratchilarga yangi tartib doirasida koʻp kvartirali uy-joylar (shahar va qishloq joylarda 4 va undan yuqori qavatli, Toshkentda 7 va undan yuqori qavatli) qurish uchun ajratilgan milliy valyutadagi kreditlari boʻyicha:

 

  • kafillik beradi – kredit summasining 50%igacha, biroq 8 mlrd soʻmdan oshmagan miqdorda;
  • foiz stavkasi MB asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan, summasi 20 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining MB asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10% punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlaydi.

 

Koʻmak olish uchun Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi va Qurilish vazirligi tomonidan kvartira 1 m2 tegishli hududdagi oʻrtacha bozor qiymati va kvartiralar maydonining belgilangan me’yorlarini inobatga olgan holda qurish kerak. Shaharlarda koʻp kvartirali uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalari «Ye-IJRO AUKSION» orqali beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.05.2020 yildan kuchga kirgan.  

 

Oleg Zamanov.