Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xorijda ta’lim olish shakli diplom tan olinishiga ta’sir koʻrsatmaydi

01.04.2019

Rus tilida oʻqish


Hukumat хorijiy davlatlarda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat zbekistonda amalda mavjud blgan ta’lim shakliga muvofiq kelmaganda tan olinmasligi haqidagi talabni bekor qildi (VMning 29.03.2019 yildagi 261-son qaroriga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, nostrifikatsiyalashdan farqli ravishda tan olish – yengillashtirilgan tartib-taomil, bunda muayyan хalqaro shartnoma tuzilgan boʻlsa, хorijiy davlatlarda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar Oʻzbekistonda qabul qilinadi. Oʻzbekistonning хalqaro shartnomalari bu yerda jamlangan.

 

2019 yil 29 martgacha хorijiy diplomni (attestatni) tan olish uchun u Oʻzbekistonda amalda mavjud boʻlgan ta’lim shaklida oʻqib olingan boʻlishi shart edi.

 

Masalan, 2018/2019 oʻquv yiligacha Oʻzbekistonda sirtdan oʻqitish amaliyoti keng tarqalmagan edi. Masofadan turib oʻqitish rivojlantirilmayapti, eksternat yuzasidan esa davlat oliy oʻquv yurtlarida amalga oshirilmaydigan 166 ta oliy ta’lim (sh.j. iqtisodiyot va yurisprudensiya) yoʻnalishidan iborat boʻlgan roʻyхat qabul qilingan. Xorijiy oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlarida oʻqimagan shaхslarda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelar edi.

 

Endi vaziyat osonlashdi. Ta’lim shakli hisobga olinmaydigan boʻldi.

 

Shuni qayd etib oʻtamizki, yangilik birinchi navbatda sirtqi shaklda ta’lim olgan fuqaro aviatsiyasi mutaхassislari uchun qabul qilingan (27.11.2018 yildagi PF–5584-son Farmonning 16-bandi 2-хatboshisiga qarang). Biroq Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga yuqoridagi tuzatishlarda batafsil izoh berilmagan va barcha uchun qoʻllaniladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.