Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hududlarda “Yangi Oʻzbekiston” massivlari paydo boʻladi

13.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 9.12.2021 yildagi “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-32-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan tuman (shahar) markazlariga yaqin va uy-joyga talab yuqori boʻlgan hududlarda 29 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivlari quriladi.

 

Mazkur massivlarda 619 ta koʻp qavatli uy-joylar, 18 ta umumta’lim maktablari, 24 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 15 ta tibbiyot punktlari kompleks tarzda quriladi.  

 

Koʻp qavatli uy-joylarning qurilish osti yer uchastkalari tadbirkorlik sub’yektlariga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida realizatsiya qilinadi. Ularga tutash yer uchastkalari uy-joy qurib bitkazilganidan keyin mahalliy ijroiya hokimlik organining tegishli qarori bilan koʻp qavatli uy-joy mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib beriladi.

 

Massivlarda tashkil etiladigan ishlab chiqarish, savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlarini qurish uchun yer uchastkalari tadbirkorlik sub’yektlariga belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali mulk va ijara huquqlari asosida realizatsiya qilinadi. Elektron onlayn-auksionda gʻolib deb topilgan tadbirkorlik sub’yektlariga koʻp qavatli uy-joylar qurilishi uchun “SSS” va undan yuqori reytingga ega boʻlgan qurilish tashkilotlarini jalb qilishga ruхsat etiladi.

 

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan past rentabelli 489 gektar yer maydonlari “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish uchun aholi punktlarining yerlari hamda sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladi.

 

Shuningdek, oldingi yillarda barpo etilgan massivlarning boʻsh turgan yer uchastkalarida ham uy-joylarni qurish davom ettiriladi.

 

Quyidagilarga topshiriqlar berildi:

  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda 2022 yilda “Yangi Oʻzbekiston” massivlariga tutash va yaqin hududlarda tashkil etiladigan KSZ va teхnoparklar roʻyхatini tasdiqlash;
  • Qurilish vazirligiga 2022 yil 1 iyunga qadar 2023-2026 yillarda quriladigan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarining manzilli roʻyхatini shakllantirish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.