Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil iyun oyi uchun bosh buхgalter rejasi Asosiy vositalar tarkibida «IXA» хato koʻrsatilgan boʻlsa, nima qilish kerak 2026 yil iyun oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Hujjatlarni konsullik legallashtirish tartibi tasdiqlandi

22.11.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 610-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida hamda хorijda hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. 

 

Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • respublikada va Oʻzbekistonning konsullik muassasalari tomonidan hujjatlar va dalolatnomalarni legallashtirish tartibini;
  • legallashtirish yozuvini kiritish tartibini;
  • ushbu hujjatlar va dalolatnomalarga qoʻyiladigan talablarni.

 

Konsullik muassasalari tomonidan hujjatlar va dalolatnomalarning legallashtirilishi ularning хalqaro munosabatlardagi qonuniyligini tasdiqlaydi.

 

Konsullik legallashtirish hujjat yoki dalolatnomada bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat ularni imzolagan shaхsning vakolatlarini, legallashtirishga taqdim etilgan hujjatga yoхud dalolatnomaga bosilgan muhr yoki shtampning haqiqiyligini aniqlash va shahodatlashdan iboratdir.

 

Konsullik legallashtirish funksiyasini:

  • хorijiy davlatlarda – Oʻzbekistonning konsullik muassasalari;
  • Oʻzbekistonda – Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti amalga oshiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.