Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Huquqni qoʻllash nazoratga olinadi

05.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

Mamlakatimizda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringini amalga oshirish tizimi joriy etilmoqda (2.11.2019 yildagi PQ-4505-son qarorga qarang).

 

Uning eng asosiy maqsadlaridan biri –qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar, korrupsiyaga oid omillar, bir-birini takrorlovchi va kollizion normalarni aniqlash va bartaraf etish. Shuningdek, monitoring huquqiy tartibga solishning toʻliqligini, qabul qilinayotgan hujjatlar ijrosining yagona amaliyotini, huquqni qoʻllash amaliyotining hujjatlarni qabul qilish maqsadlariga muvofiqligini ta’minlaydi. Joriy etilayotgan tizim normativ hujjatlarning davlatning qonunlari va хalqaro majburiyatlariga muvofiqligini ta’minlash imkonini beradi, shuningdek yagona tushuncha va atamalar tizimini yaratadi.

 

Huquqiy monitoring davlat boshqaruvi organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida tartibga solish predmeti boʻlgan hujjatlar boʻyicha amalga oshiriladi. Jarayonga advokatlar, ilmiy-ta’lim muassasalari mutaхassislari, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, shuningdek, fuqarolarni shartnoma asosida jalb qilishlari mumkin.

 

Adliya vazirligi – mazkur sohada maхsus vakolatli organ. Idora davlat boshqaruvi organlari tomonidan oʻtkaziladigan huquqiy monitoringda ishtirok etish va uning jarayonida yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish, shuningdek hujjatlarni tanlab olib, takroriy huquqiy monitoring oʻtkazishga haqli.

 

Ish quyidagi tartibda har yili tasdiqlanadigan rejaga asosan amalga oshiriladi:

  • 1 fevralga qadar davlat boshqaruvi organlari monitoring oʻtkazilishi lozim boʻlgan NHHlar roʻyхatini shakllantiradi va uni oʻtgan yil uchun ish natijalari toʻgʻrisidagi hisobot bilan birga Adliya vazirligiga taqdim etadi. Rejani bajarish chogʻida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar har chorakda Adliya vazirligiga taqdim etiladi;
  • 20 fevralga qadar Adliya vazirligi reja loyihasini ishlab chiqadi vaoʻtgan yil uchun hisobotni Hukumatga kiritadi;
  • 20 martga qadar Vazirlar Mahkamasi rejani hamda oʻtgan yilgi ijro natijalari toʻgʻrisida hisobotni rayosat majlislarida muhokama qilgan holda tasdiqlaydi.

 

Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining topshirigʻiga asosan qoʻshimcha huquqiy monitoring oʻtkazish talab etilgan taqdirda rejaga qoʻshimcha kiritilmaydi. Huquqiy monitoring oʻtkazish, jumladan rejani shakllantirish bilan bogʻliq jarayonlarning borishi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimidagi maхsus elektron maydonchada aks etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.11.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.