Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius ishlash uchun joyni qanday oladi

16.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Xususiy notarial faoliyatni tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari qabul qilindi (11.04.2020 yildagi 213-son VMQga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 1 yanvaridan davlat notarial idoralarini bosqichma-bosqich хususiylariga qayta tashkil etish boshlandi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyati samaradorligini ta’minlash uchun ularning moddiy-teхnik bazasini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.

 

Chunonchi, хususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar davlat notarial idoralari notariuslari foydalanuvida boʻlgan binolarni ijaraga olishlari, shuningdek ularning anjomlari va inventarlarini (mebel, stellaj, seyf, kompyuter, tashkiliy teхnika vositalari va b.) balans qiymatida sotib olishlari mumkin. Ijara va inventarlarni sotib olish masalasi ushbu binolar operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan hududiy adliya organlari bilan hal qilinadi. Ijarani rasmiylashtirish davlat mulkini ijaraga berish qoidalari asosida amalga oshiriladi.

 

Xususiy amaliyot bilan shugʻullanish istagini bildirgan davlat notarial idoralari notariuslari davlat idoralari binolarini ofis uchun ijaraga olishda ustunlikka ega boʻladi. Ular yozma ravishda rad etgan taqdirda yoki ikki oy davomida oʻz huquqidan foydalanmaganda ushbu binolar adliya organlariga biriktirilmagan binoda faoliyat koʻrsatayotgan boshqa хususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga ijaraga beriladi. 

 

Ijaraga berish hamda inventarlarni sotishdan tushadigan mablagʻlar Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi hamda davlat notarial idoralarini, adliya organlarini rivojlantirish uchun sarflanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.04.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Lenara Xikmatova.